2023-yil 21-iyul kuni S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” ATB reytingini “B-”dan “B”ga ko‘tardi, prognoz - “Stabil”. S&P Global Ratings analitiklari bankning mamlakat moliya bozoridagi o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlangani, xususan, chakana kreditlash va jismoniy shaxslarning depozitlari hajmi oshganini ta’kidladi. Shuningdek, reyting agentligi bankning qisqa muddatli kredit reytingini “B” darajasida tasdiqladi.