Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kollegial organlar

Bank Kengashining bankni boshqarish vazifasini yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadlari hamda bank faoliyatini nazorat qilish majburiyatlarini bajarish uchun bank Kengashi huzurida uning vakolatlariga kiruvchi eng muhim masalalarni ko‘rib chiqadigan va tavsiyalarni ishlab chiqadigan qo‘mitalar faoliyat ko‘rsatadi.

Auditorlik qo‘mitasi.

  • Auditorlik qo‘mitasining vazifalari ichki audit Departamentining har bir o‘tkazilgan ichki audit bo‘yicha taqdim etadigan hisobotlarini o‘rganish. Ichki audit bo‘yicha har choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish, tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga ko‘maklashishdan iborat.

Bank tavakkalchiligini nazorat qilish bo‘yicha qo‘mita. 

  • Bank tavakkalchiligini nazorat qilish bo‘yicha qo‘mitaning vazifalariga tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha bank siyosatini ko‘rib chiqish va kelishish kiradi. Tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha taomillarni kelishib olishda Qo‘mita qonunchilik normalari va bank Ustavi talablariga rioya etilgan holda, shuningdek bankning ijroiya organi, uning bo‘limlari va bank ishchilarining faoliyatini to‘g‘ri rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishda, bank uchun tavakkalchilik va foydalilik o‘rtasidagi maqbul muvozanatga erishishga intilishi kerak.

Investitsion qo’mita. 

  • Investitsion qo’mitaning vazifasi bankning investiitsion siyosatiga rioya etilishini ta’minlashdan iborat. Investitsiyalar kutilgan daromadni keltirishi va investitsion portfel muddatida qaytariladigan investitsiyalardan iborat bo‘lishi zarur.

Xodimlarning rivojlanishini va sifatini baholovchi qo’mita.

  • Qo‘mitaning asosiy vazifalari: bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy talablarni bajarish; Oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida bank shaxsiy tarkibini monitoring qilish va maqbullashtirish; zarurat tug‘ilganda bank va uning tuzilmalaridagi ishchilari sonini qisqartirish yuzasidan qaror qabul qilish; xodimlar bilan ishlashning kollegial qaror qabul qilish zarurati bo‘lgan masalalarini ko‘rib chiqish.

Aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘yicha qo‘mita.

  • Aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘yicha qo‘mitaning vazifalari, bankning zarur darajadagi likvidliligini saqlashni ta’minlash uchun balans hisoboti va bankning daromadlari va zararlari hisobotini sinchiklab kuzatishdan iborat. Buning ustiga, bu qo‘mita foiz daromadini keltiradigan aktivlar va passivlarning foiz stavkalari o‘rtasidagi maqbul balansning bo‘lishini, bank majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni so‘ndirish muddatlari aktivlari so‘ndirish muddatlariga to‘g‘ri kelmaslik holatiga tushib qolmasligini kuzatib boradi.

Kredit qo‘mitasi. 

  • Kredit qo‘mitasining vazifasi quyidagilardan iborat: yangi qarzlar (ssudalar)ni berish taomillarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash yoki mavjud bo‘lgan qarzlar (ssudalar)ning shartlarini o‘zgartirish; Bankning kredit strategiyasi va siyosatini shakllantirish; Kreditlash jarayonlarining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash; kredit portfeli va kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mavjud tavakkalchiliklarni tahlil qilish.
  • Bankning kreditlash bo‘yicha biznes-rejasining ehtimoliy ko‘rsatkichlari va parametrlarining bajarilishi; bankning muddati o‘tgan kreditlari holatini; bankning muammoli aktivlari bilan ishlashini monitoring qilish.

Moliya qo'mitasi bankning Boshqaruvi huzurida tashkil etilgan ishchi organi hisoblanadi va balans hisoboti hamda bankning yetarli likvidligini ta'minlash uchun daromadlar va zarar bo'yicha hisobotni sinchiklab kuzatish maqsadida aktivlar va passivlarni boshqarish bo'yicha bankning siyosatini amalga oshiradi. Qo'mita likvidlikni samarali boshqarishni ta'minlash maqsadida bankning turli tuzilmalari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi va aktivlar va passivlarni boshqarish masalalari bo'yicha boshqaruv qarorini qabul qiladi. Qo'mitaning asosiy maqsadi bankning adekvat to'lovga layoqatlik holatida likvidlik va daromadlilik o'rtasidagi eng maqbul nisbatni ta'minlashdan iboratdir.


So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech