Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
treasuryOperations.png

Mazkur yo‘nalish doirasida “Kapitalbank” ATB quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • Barcha erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalar bilan xalqaro bozorda konversiya operatsiyalarini amalg oshirish;
  • Intraday Split * shartlarida “ chet el valyutasi/O‘zbekiston Respublikasi valyutasi” konversiya bitimini tuzish;
  • SVOP bitimlarini tuzish.

Tariflar

1.

Ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan chet el valyutasi oldi-sottisi bitimlari bo‘yicha

O‘zRVBda belgilangan kurs bo‘yicha konversiyalashga yo‘naltirilgan so‘mdagi summaning 1,2 foizi miqdorida

2.

Bitta chet el valyutasini boshqasiga olib-sotish bitimlari bo‘yicha

Talab etiladigan chet el valyutasidagi summaning 1 foizi miqdorida **

3.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobiga mijozlarning safar xizmati xarajatlari uchun milliy valyutadagi mablag‘larini konvertatsiya qilish

Summaning 2 foizi miqdorida

4.

Ichki valyuta bozorida amalga oshiriladigan so‘mni chet el valyutasiga konvertatsiya qilish operatsiyalariga talabnomalarni qabul qilish va ular bilan ishlash

Taqdim etilgan har bir talabnoma uchun 25 000 so‘m.

* bu shunday bitimki, u bo‘yicha majburiyatlar Kontragent («tod», «tom», «spot», «forward») o‘z majburiyatlarini bajargandan keyingina Bank tomonidan bajariladi.
** Bitta chet el valyutasi  mijozning o‘z valyuta mablag‘i  manbai bilan konversiya qilinganda,  vositachilik mukofoti miqdori  kross-kursga kiritiladi va vositachilik haqi asosiy valyutada undiriladi.
*** Ichki valyuta bozorida sotib olingan bitta chet el valyutasi  boshqa chet el valyutasiga konversiya qilinganda, vositachilik mukofoti  mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan operatsiya amalga oshirilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha milliy valyutada yechib olinadi.

Banklararo kredit berish

Mazkur yo‘nalish doirasida “Kapitalbank” ATB quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • belgilangan limit va/yoki taqdim etilgan ta'minot doirasida banklararo kreditlar berish;
  • erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarda va O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida banklararo kreditlar berish;
  • korrespondentlik (bank) hisobvaraqlardagi har kungi kredit qoldiqlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida va kelishuv bo‘yicha chet el valyutasida foizlar hisoblab yozish;
  • korrrespondent-banklarga o‘rnatilgan limitlar doirasida “Loro” (AQSH  dollarida, Yevroda, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida)  korrespondentlik hisobvaraqlari bo‘yicha overdraft berish.

Banklararo operatsiyalarni amalga oshirish uchun ta'minot turlari

  • erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar garovi evaziga;
  • likvidligi yuqori qimmatli qog‘ozlar garovi evaziga.

Banknota operatsiyalari

Mazkur yo‘nalish doirasida “Kapitalbank” ATB quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • - barcha erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarda va O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida banklararo banknotali bitimlarni amalga oshirish;
  • - naqd chet el valyutasini qabul qilish/berish.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech