Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

tradeFinance.png“Kapitalbank” ATB amalga oshiradigan hujjatlashtirilgan (dokumentar) operatsiyalar mijozlarning tashqi savdo operatsiyalarni amalga oshirishdagi risklarini kamaytirish, pul oqimlarini ko‘paytirish, xorij banklari bilan ishonchli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash imkonini beradi.

Hujjatlashtirilgan operatsiyalar qo‘shimcha faoliyat turlarini, shu jumladan ichki valyuta bozorida konversiya operatsiyalari amalga oshirishni, hujjatlashtirilgan operatsiyalar hisobiga mijozlarga kredit liniyalari taqdim etish, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiq mablag‘larni ko‘paytirish va boshqa operatsiyalarni  rivojlantirish imkonini beradi.

«Kapitalbank» ATB quyidagilarni taklif etadi:

  • Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli;
  • «Post-moliyalashtirish» ko‘zda tutilgan akkreditivlar;
  • Bankning kafolat operatsiyalari;
  • Hisob-kitoblarning inkassa shakli.

Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli

Hujjatlashtirilgan akkreditiv – sotuvchi akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng  sotuvchining foydasiga to‘lov o‘tkazish to‘g‘risida xaridor-mijozning topshirig‘i asosida bank o‘z zimmasiga oladigan  pul majburiyati. Xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda turli konstruksiyali  hujjatlashtirilgan akkreditivlardan foydalanish shartnomaning qarshi tomoni bilan bog‘liq risklarni imkon qadar kamaytirish imkonini beradi.

Akkreditivlar ochib, ular bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirar ekan, “Kapitalbank” ATB Hujjatlashtirilgan akkreditivlar uchun odatlar va qoidalarning unifikatsiyasiga rioya qiladi (Xalqaro savdo palatasining 600-son nashri, 2007-yildagi tahrir ostida).

Bank o‘zbek so‘mi va erkin konvertatsiyalanadigan valyutada hujjatlashtirilgan akkreditivlar ochadi.

O‘zbek so‘midagi akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalar (emitent bank):

  • qoplangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv;
  • qoplangan chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlash;
  • qoplanmagan akkreditiv ochish;
  • qoplanmagan chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlash;
  • ochilgan akkreditivlarning shartini o‘zgartirish (akkreditiv summasini ko‘paytirishdan tashqari);
  • ochilgan qoplangan chaqirib olinadigan akkreditivni ko‘paytirish;
  • ochilgan qoplangan chaqirib olinmaydigan akkreditivlarning summasini ko‘paytirish;
  • ochilgan akkreditivni muddati tugashidan oldin chaqirib olish;
  • ochilgan akkreditiv bo‘yicha ijrochi bankdan olingan hujjatlarni qabul qilish va tekshirish.

O‘zbek so‘midagi akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalar (ijrochi bank):

  • akkreditiv bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish va tekshirish;
  • akkreditiv bo‘yicha to‘lov;
  • akkreditivlar shartlarini o‘zgartirish;
  • akkreditivni muddati tugashidan oldin chaqirib olish;

Chet el valyutasidagi akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalar

Bank tomonidan ochiladigan akkreditivlar:

  • qoplangan akkreditatsiyani ochish, muddatini uzaytirish, summasini ko‘paytirish;
  • qoplanmagan akkreditatsiyani ochish, muddatini uzaytirish, summasini ko‘paytirish;
  • akkreditiv ochilishida vositachilik haqi hisoblangan davr doirasida akkreditiv muddatini uzaytirish;
  • akkreditiv shartlarini uning amal qilish muddati, summasi, to‘lov shartlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgartirish;
  • akkreditivni amal qilish muddati tugamasdan bekor qilish;
  • akkreditiv bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish;
  • akkreditiv bo‘yicha to‘lov:
  • O‘zbekiston Respublikasining bojxona  hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun to‘lovni ko‘zda tutuvchi shartnoma bo‘yicha;
  • boshqa shartnomalar bo‘yicha.

Bank tomonidan avizo qilinadigan akkreditivlar:

  • akkreditivni dastlab avizo qilish;
  • akkreditivni avizo qilish, akkreditiv summasini ko‘paytirish, akkreditiv muddatini uzaytirish:
    • bank ijrosi bilan;
    • bank ijrosisiz.
  • akkreditiv avizo qilinayotganda vositachilik haqi hisoblangan davr doirasida akkreditiv muddatini uzaytirish;
  • akkreditiv shartlarini uning amal qilish muddati, summasi, to‘lov shartlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgartirishni avizo qilish:
    • avizo qilingan akkreditivlar uchun bank mablag‘ jalb qilmagan taqdirda;
    • avizo qilingan akkreditivlar uchun bank mablag‘ jalb qilgan taqdirda;
  • akkreditiv bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish:
    • bank ijrosi bilan;
    • bank ijrosisiz.
  • akkreditiv bo‘yicha eksport foydasini o‘tkazish;
    • birinchi toifali bank tomonidan qoplangan yoki to‘lov talabi qo‘yilgan akkreditivni tasdiqlash;
    • qoplanmagan akkreditivni tasdiqlash;

Bankning kafillik operatsiyalari

Bank kafolati – mijozning (uning hisobidan) mijoz  va oluvchi o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha bank kafilligini oluvchiga to‘lash to‘g‘risidagi topshirig‘iga muvofiq berilgan kafil-bank majburiyati. To‘lov oluvchining yozma talabiga, shuningdek bank kafolatida ko‘rsatilgan qo‘shimcha hujjatlarga binoan amalga oshiriladi.

Hujjatlashtirilgan akkreditiv va hujjatlashtirilgan inkassodan farqli o‘laroq bank kafolati shartnoma tomonlari o‘rtasida hisob-kitob shakli emas, balki tomonlarning u yoki bu majburiyatlari bajarilishini ta'minlashga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi.

Kafillik operatsiyalari, stand-by akkreditivi quyidagi xizmatlarni o‘z ichiga oladi:

  • summa to‘lanishini talab qilish, ko‘paytirish, kafolatning (kontrkafolatning) amal qilish muddatini uzaytirish, stand-by akkreditivi:
    • qoplangan;
    • qoplanmagan.
  • kafolat (kontrkafolat) amal qilish muddatini uzaytirish, vositachilik haqi hisoblangan davr doirasida stand-by akkreditivi;
  • kafolat (kontrkafolat) shartlariga o‘zgartirish kiritish, summa ko‘paytirilishi va amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq bo‘lmagan stand-by akkreditivi; kafolatni muddatidan oldin bekor qilish;
  • kafolat, kontrkafolat bo‘yicha,  bank tomonidan to‘lanishi talab qilingan stand-by akkreditivi bo‘yicha to‘lovlar:
    • qoplangan;
    • qoplanmagan.
  • avizo qilish, summani ko‘paytirish, avizo qilingan kafolatning  amal qilish muddatini uzaytirish;
  • kafolat shartlariga kiritilgan hamda summa ko‘payishi va amal qilish muddati uzaytirilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishlarni avizo qilish;
  • kafil-bankka yuborilayotgan bank tomonidan  avizo qilingan kafolat bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasini tekshirish.

Hisob-kitoblarning inkasso shakli

Hujjatlashtirilgan inkasso deganda bank sotuvchining  hujjatlarini xaridorga berganidan so‘ng sotuvchi bank orqali o‘ziga tegishli summani olishi tushuniladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri bank orqali pul o‘tkazishga qaraganda hujjatlashtirilgan inkasso xavfsizlikni ko‘proq kafolatlaydi: u xaridorga tovar haqini to‘lamasdan turib, boshqaruv va  ilova qilinadigan hujjatlarni va demak  tovarni o‘z ixtiyoriga olish imkonini bermaydi.

Inkasso bilan ishlaganda bank Inkasso bo‘yicha unifikatsiya qilingan qoidalarga (Xalqaro savdo palatasining 522-sonli nashri, 1995-yildagi tahrirda) rioya qiladi.

Inkasso operatsiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • inkasso bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish va jo‘natish;
  • inkasso topshirig‘i bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘zgartirish;
  • to‘lanmagan hujjatlarni ishonch qog‘ozi beruvchi shaxsga qaytarish;
  • to‘lovdan ozod hujjatlarni berish;
  • inkassoga hujjatlar kelganidan xabardor qilish;
  • to‘lov/aksept evaziga hujjatlarni berish;

Post-moliyalashtirishli akkreditivdan foydalangan holda importni moliyalashtirish:

  • moliyalashtirish summasi: - jo‘natilgan tovar summasining 100 foizigacha;
  • moliyalashtirish muddati (to‘lovni keyinga surish) – xorijiy bank eksportchiga to‘lagan sanadan boshlab 12 oygacha;
  • moliyalashtirilayotgan ob'yekt – asbob-uskuna, xom ashyo, materiallar va hokazo.
  • tovar jo‘natilib, hujjatlar bankka topshirilgandan so‘ng xorijiy bank mablag‘lari hisobidan eksportchiga 100 foiz to‘lash.
  • xizmat haqi muddatga, tanlangan kredit liniyasiga va bankning xarajatlariga bog‘liq.

Post-moliyalashtirish sharti bilan akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob sxemasi

trade.jpg
* Tasdiqlovchi, ijrochi, moliyalashtiruvchi

  1. Tovar (xizmat) yetkazib berishga shartnoma.
  2. Post-moliyalashtirish sharti bilan akkreditiv ochish to‘g‘risida shartnoma.
  3. Eksportchi foydasiga akkreditiv.
  4. Tovar (xizmat) yetkazib berish.
  5. Akkreditiv bo‘yicha hujjatlar.
  6. Akkreditiv bo‘yicha to‘lov, akkreditiv bo‘yicha majburiyatlarni (moliyalashtirish)  to‘lash muddatini keyinga surish.
  7. Akkreditiv bo‘yicha majburiyatlarni to‘lash muddatini keyinga surish.
  8. Akkreditiv bo‘yicha majburiyatlarni to‘lash.
  9. Moliyalashtirish bo‘yicha majburiyatlarni to‘lash.

Qarz oluvchiga asosiy talablar:

  • Biznesni Kapitalbank ishlaydigan mintaqalarda olib borish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
  • Garov ta'minoti borligi.
  • Salbiy kredit tarixi va majburiyatlarni bajarmaganlk faktlari bo‘lmasligi.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech