“Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Soha parametrlari bo‘yicha mijozlar bazasining diversifikatsiya qilingan tuzilmasini shakllantirish, tarif siyosatining o‘rtacha bozor darajasiga yo‘naltirilganligi, uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mijoz biznesini samarali qo‘llab-quvvatlash – mijozlar borasida bank olib boradigan siyosatning asosiy yo‘nalishidir.
Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “Kapitalbank” ATBning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir.
Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.
“Kapitalbank” ATB ko‘p yillik faoliyati davomida ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, quyidagilar shular jumlasidan:
- 2010 yilda “Unistream” TB AJning “Manzilsiz pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchi”;
- «Top Country Teams - mamlakatning eng yaxshi jamoalari 2008” dasturining “2008 yilda Barcha toifalar bo‘yicha eng yaxshi punkt” ;
EUROMONEY talqini bo‘yicha “Korporativ boshqaruv” nominatsiyasida “2008 yilning eng yaxshi banki”; - Investitsion Institutlar Milliy Assotsiatsiyasi talqini bo‘yicha 2006- va 2007-yillarda Qimmatli qog‘ozlar bozorida eng yaxshi tijorat banki”;
- MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida WESTERN UNION kompaniyasi sheriklari ichida “2006 yilda eng yaxshi agent” hamda WESTERN UNIONning “Klub 500” dasturining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mintaqasi bo‘yicha “2007 yilda xizmat ko‘rsatish sifati eng yuqori o‘sishi” mukofotlari.
Bankning chakana infratuzilmasini rivojlantirish, bankomatlar soni, yaʼni mamlakatda 3000 donadan ortiq, umumiy miqdorning qariyb 30%i bo'yicha yetakchi oʻringa chiqish.
"Apelsin" ilovasi asosida yangi "Raqamli bank" filialining ochilishi.
Toshkent shahrida va viloyatlarda "O'zMB" va "minibank" formatida yangi savdo nuqtalarining ochilishi.
Urganch shahrida “Kapitalbank” ATB “Urganch” bank xizmatlari markazining ochilishi
Andijon shahrida “Kapitalbank” ATB “Andijon” bank xizmatlari markazining ochilishi
Smartoffice tunu-kun ishlaydigan oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish zonalarining ochilishi va ishga tushirilishi
«Yunistrim» TB AJ (Rossiya) ning o'zbek so'mi va AQSH dollarida “loro” korrespondentlik hisob raqamining ochilishi
«Kapitalbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi o‘rtasida Moliyalashtirish liniyasi Shartnomasining imzolanishi.
“MUGANBANK” OAJ (Ozarbayjon) bilan o'zaro korrespondentlik munosabatlarining o'rnatilishi.
2016 yil yakunlari bo‘yicha «Kapitalbank» ATB xususiy depozitlarni jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlovda g‘olib deb e’lon qilindi.
2016 yil yakunlari bo‘yicha «Kapitalbank» ATB xususiy depozitlarni jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlovda g‘olib deb e’lon qilindi. «Xususiy omonatlarni jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi mini-bank» nominatsiyasida “Kapitalbank ” ATB “Mirzo Ulug‘bek” filiali qoshidagi «Kadishev» mini-banki sovrindor bo‘ldi, «Xorijiy valyutada eng yaxshi muddatli depozit» nominatsiyasida “Kapitalbank ” ATBning Toshkent filialidagi «Mig» muddatli depoziti eng yaxshi deb tan olindi va ikkinchi o‘rinni egalladi.
SPRL East West Invest (Belgiya) xorijiy investorining Bank aksiyadorlari qatoriga kirishi.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida filialning ochilishi.
2015 yil yakunlari bo‘yicha «Kapitalbank» ATB xususiy depozitlarni jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlovda g‘olib deb e’lon qilindi.
2015 yil yakunlari bo‘yicha «Kapitalbank» ATB xususiy depozitlarni jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlovda g‘olib deb e’lon qilindi. «Eng yaxshi zamonaviy jihozlangan bank birligi» nominatsiyasida “Kapitalbank”aksiyadorlik tijorat bankining Toshkent shahar filiali taqdirlandi. «Xususiy omonatlarni jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi mini-bank» nominatsiyasida “Kapitalbank” ATBning Markaziy operatsion bo‘limining «Ahmad Donish» mini-banki ikkinchi o‘rinni egalladi.
2014 yil yakunlari bo‘yicha «Kapitalbank» ATB xususiy depozitlarni jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlovda g‘olib deb e’lon qilindi.
2014 yil yakunlari bo‘yicha «Kapitalbank» ATB xususiy depozitlarni jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlovda g‘olib deb e’lon qilindi. “Kapitalbank” Aksiyadorlik Tijorat Banki tomonidan taqdim etilgan «Shoshilmasdan» depozit atamasi “Xorijiy valyutadagi eng yaxshi depozit” nominatsiyasida yutib chiqdi.
“Kapitalbank” OATB 2013 yil yakunlari bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida aholi omonatlarini jalb qilish tanlovida g‘olib deb e’lon qilindi.
“Kapitalbank” OATB 2013 yil yakunlari bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida aholi omonatlarini jalb qilish tanlovida g‘olib deb e’lon qilindi. “Xorijiy valyutada eng yaxshi muddatli depozit” nominatsiyasida “Shoshilmasdan” depoziti g‘olib chiqdi, "Shaharlarda aholi mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi mini-bank” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni “Kapitalbank” OATBning “Chorsu” filiali qoshidagi “Yunusobod” minibanki ikkinchi o‘rinni egalladi.
“Kapitalbank” OATB ning yangi yuridik manzili: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 7-uy.
Korporativ mijozlar uchun «AN’ANALARNI BUZMASDAN, BIRGALIKDA» 1 Biznes – Forum o‘tkazildi.
«Chorsu» filiali qoshidagi “Yunusobod” mini-banki «Aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.
Standard&Poor's xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” OATB kredit reytingini “B/Mustahkam/S” darajasida “Mustahkam” darajalari reytingi bo‘yicha oldindan aytib berishni tasdiqladi.
Buxoro shahrida “G‘ijduvon” yangi mini-bankining ochilishi.
Buxoro viloyatining Qorako‘l shahrida “Qorako‘l” yangi mini-bankining ochilishi.
“Kapitalbank” OATB V Toshkent Xalqaro Investitsiya-Moliya Forumining bronza homiysi.
“Magnit” yangi mini-bankining ochilishi.
Aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tanlovida “Shuhrat” mini-banki 3 - o‘rinni egalladi.
“Ahmad Donish” yangi mini-bankining ochilishi.
“Aziya Ekspress” pul o‘tkazmalari yangi tizimining ishga solinishi.
Standard and Poor’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” OATB reytingini «V-» darajasidan «B» darajasigacha oshirdi. Reyting darajalari bo‘yicha oldindan aytib berish - «Mustahkam».
Samarqand va Buxoro shaharlarida to‘rtta yangi mini-banklarning ochilishi. Jismoniy shaxslar uchun bir yo‘la bir necha kredit mahsulotlarining ishga solinishi.
Namangan viloyatida “Kapitalbank” OATBning to‘rtta yangi mini-bankining ochilishi.
“Yangi Qo‘yliq” yangi mini-bankining ishga tushirilishi.
Toshkent sh. Yunusobod tumani va Qo‘qon sh.da yangi filiallarning ochilishi.
2011 yilning iyul oyidan boshlab VISA karta egalari uchun “Kapitalbank” «SMS orqali xabar berish» yangi xizmatini ishga soladi. Namangan shahrida yangi filialning ochilishi.
Standard&Poor's xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” OATBning “B-Mustahkam/S” darajada yangi reytingini tasdiqladi.
Buxoro viloyatida “Kapitalbank” OATBning beshta yangi mini-bankining ochilishi.
«Ahbor-Reyting» reyting agentligi “Kapitalbank” OATBning “Mustahkam” prognozli «uzA» reytingini yangiladi.
Buxoro shahrida “Buxoro” filialining ochilishi.
“Kapitalbank” OATB “CONTACT” pul o‘tkazmalari xalqaro tizimining texnologik yechimlaridan samarali foydalanganligi uchun Diplomi bilan taqdirlandi.
«Unistream» OAJ TB “Kapitalbank” OATB ni «Manzilsiz pul o‘tkazmalari bo‘yicha yo‘lboshchi» nominatsiyasida diplom bilan taqdirladi.
«Ahbor-Reyting» reyting agentligi “Kapitalbank” OATB «uzA» milliy shkalasi bo‘yicha “Mustahkam” prognozi bilan kredit berish qobiliyatini yangiladi.
«Axbor-reyting» banklararo reyting agentligi “Kapitalbank” OATB ning kredit berish qobiliyatini «uzA» milliy shkalasi bo‘yicha “Mustahkam” prognozi bilan tasdiqladi.
Ahbor-Reyting» reyting agentligi “Kapitalbank” OATB «uzA» milliy shkalasi bo‘yicha “Mustahkam” prognozi bilan kredit berish qobiliyatini yangiladi.
«Axbor-reyting» banklararo reyting agentligi “Kapitalbank” OATB ning kredit berish qobiliyatini «uzA» milliy shkalasi bo‘yicha “Mustahkam” prognozi bilan yangiladi.
«Axbor-reyting» banklararo reyting agentligi “Kapitalbank” OATB ning kredit berish qobiliyatini «uzA» milliy shkalasi bo‘yicha “Mustahkam” prognozi bilan yangiladi”.
Samarqand sh. “Samarqand” filialining ochilishi.
Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” OATB xalqaro kredit berish qobiliyati reytingini «B-/ Mustahkam /C» darajasida tasdiqladi.
«Axbor-reyting» banklararo reyting agentligi «uzA» (yuqori) milliy shkalasi asosida «Kapitalbank» OATB ning kredit berish qobiliyati reytingi “Mustahkam” prognozi bilan tasdiqladi.
«Kapitalbank» OATB Western Union tomonidan «Top Country Teams – 2008 yilda mamlakat guruhlarining a’losi» dasturi bo‘yicha «2008 yil bo‘yicha Barcha Toifalar bo‘yicha eng a’lo» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Har yili o‘tkaziladigan BANKEXPO 2009 Bank texnologiyalari, jihozlari va xizmatlari milliy ko‘rgazmasida ishtirokchi, ”Eng yaxshi innovatsion stend” nominatsiyasi sovrindori.
Markaziy va Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari mikromoliya markazi (MMM) tashkilotining a’zosi.
«Axbor-reyting» banklararo reyting agentligi “Kapitalbank” OATB ning kredit berish qobiliyatini «uzA» milliy shkalasi bo‘yicha “Mustahkam” prognozi bilan tasdiqladi.
Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” OATB xalqaro kredit berish qobiliyati reytingini «B-/ Mustahkam /C» darajasida tasdiqladi.
Kapitalbank” OATB Nizomi yangi tahrirda davlat ro‘yxatidan o‘tdi.
Standard & Poor's Xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” OATB ga «B-/ Mustahkam /C» kontragenti kredit reytingini berdi.
EUROMONEY Xalqaro moliya nashriyotining «2008 yilda korporativ boshqaruv sohasida eng yaxshi bank» mukofoti bilan taqdirlanishi.
Bank tashkiliy tuzilishining o‘zgarishi, (OPЕRU) Operatsion boshqarmaning Bosh ofisi asosida.
(NAUR) Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining milliy assotsiatsiyasi o‘tkazadigan tanlovda «2007 yilda eng innovatsion kompaniya» mukofotining olinishi.
«Kapitalbank» OATB Western Union tomonidan quyidagi nominatsiyalarda
«Kapitalbank» OATB Western Union tomonidan quyidagi nominatsiyalarda g‘olib deb e’lon qilindi: «500lar klubi» dasturiga ko‘ra, butun O‘rta Osiyo va Ozarbayjon hududi bo‘yicha «2007 yilda sifatli xizmat ko‘rsatishning a’lo darajada o‘sishi», «Top Country Teams - 2007 yilda mamlakatning eng yaxshi guruhi» dasturi bo‘yicha «2007 y. xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha eng a’lo».
Toshkent sh. «Sirg‘ali» filialining va Farg‘ona sh. «Farg‘ona» filialining ochilishi.
Investitsiya Institutlarining milliy Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi
Investitsiya Institutlarining milliy Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Bank «2007 yilda qimmatli qog‘ozlar bozorida eng yaxshi tijorat banki» nominatsiyasining g‘olibi deb e’lon qilindi.
«Axbor-reyting» banklararo reyting agentligi «uzA» (yuqori) milliy shkalasi asosida kredit berish qobiliyati reytingi berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Nukus” filialining ochilishi.
Bank WESTERN UNION Kompaniyasi tomonidan MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlardagi sheriklari o‘rtasida 2006 yilda eng yaxshi Agent deb e’lon qilindi.
Bankning qimmatli qog‘ozlari Toshkent RJBning rasmiy birja listingiga “A” toifasi bo‘yicha kiritildi va birja savdosiga kiritildi.
2,5 mlrd. so‘m umumiy miqdorda obligatsiyalar chiqarilishi.
Toshkent shahrida «Chorsu» filialining ochilishi.
Investitsiya Institutlarining milliy Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi
Investitsiya Institutlarining milliy Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Bank «2006 yilda qimmatli qog‘ozlar bozorida eng yaxshi tijorat banki» nominatsiyasining g‘olibi bo‘ldi.