Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB 22 yoshda
07.04.2023 16:22:00
Davlatimizning eng yirik xususiy tijorat banki o‘zining tug‘ilgan kunini Toshkent shahrida yangi “Yunusobod” bank xizmatlari markazini (Yunusobod tumani, 15-kvartal, 1B) ochish bilan nishonladi. Bugungi kunda “Kapitalbank” ATB mijozlari uchun respublika boʻylab jami 100 dan ortiq filiallar (bank xizmatlarining filiallari va markazlari/ofislari) faoliyat koʻrsatmoqda.

KB_site_2.jpg
22 yillik faoliyati davomida “Kapitalbank” ATB millionlab o‘zbekistonliklarning ishonchini qozondi – bugungi kunda bank orqali millionlab, shu jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 43 ming tadbirkor va kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.

KB_site_3.jpg
– Albatta, o‘tgan yillar davomida jamoamiz katta ishlarni amalga oshirdi va bugun biz davlatimizning yetakchi moliya institutlaridan birini barpo eta olganimizdan faxrlanamiz, – deydi Bank Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov -Ammo barcha yutuqlar orasida eng muhimi – mijozlarimizning ishonchi, biz ular uchun yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, ular uchun filiallar tarmog‘ini kengaytirmoqdamiz va xizmat ko‘rsatishni yanada qulay va sifatli qilishga intilamiz.

KB_site_7.jpg
O'tgan yillar davomida bank milliy reytinglarning yetakchi qatorlarini egallab kelmoqda, shuningdek, xalqaro audit jarayonida barqarorlik va ishonchlilikni tasdiqladi - masalan, yanvar oyida Moody's xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” ATBning bazaviy kredit reytingini (BCA) b2 gacha (ilgari b3) ko‘tardi va milliy va xorijiy valyutalardagi bank depozitlari reytingini B2 darajasigacha oshirdi.

KB_site_5.jpg
Yanvar oyida “Kapitalbank” ATB mamlakatimizda har oyda 5 milliondan ortiq aholi foydalanadigan raqamli xizmatlarning noyob ekotizimini rivojlantiruvchi “Uzum” xoldingiga qo‘shilish niyati borligini ma’lum qildi. Boshqa ekotizim xizmatlari bilan integratsiyalashuv bankka mijozlar uchun xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi – masalan, “Kapitalbank” ATB Uzum Market sotuvchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus taklifni ishga tushirdi, tadbirkorlar uchun kreditlash xizmatlari va xususiy foydalanuvchilar uchun yangi raqamli mahsulotlarni faol rivojlantirmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech