03.07.2023 12:11:00
Toshkentda “Kapitalbank” ATB va moliya institutlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasi bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri bo’lgan BS/2 kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi.
Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari:
— bankomatlar tarmog'ini yangilash,
— bank bankomatlari uchun yangi dasturiy ta'minotni joriy etish,
— bankomatlar xavfsizligini ta’minlash,
— bankomatlar tarmog'ini monitoring qilish tizimlarini integratsiyalash.
— Bugungi kunda “Kapitalbank” ATB mahsulotlaridan mamlakatimizning 1,5 milliondan ortiq aholisi foydalanmoqda va biz ularga eng qulay va sifatli servis xizmatini taqdim etishga harakat qilamiz. Bank ichki tizimlari va servis xizmatlarini raqamlashtirish va modernizatsiya qilish faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biridir”, — deya ta’kidladi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — BS/2 kompaniyasi bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish orqali bizning bankomatlarimizning funksionalligi yanada ortadi, naqd pulni qabul qila oladi, inkassatsiya kamroq talab qilinadi, demak, bank mijozlari kerakli operatsiyalarni sutkaning 24 soati davomida o‘zlari uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Shuni eslatib o‘tamizki, “Kapitalbank” ATB avval mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib bankning barcha 1200 ta bankomatlarida milliy va xalqaro to‘lov tizimlari kartalarini qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ygan banklardan biri bo’lgan edi.