Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” Toshkentdagi PLAS-forumining strategik hamkoriga bo‘ldi
20.11.2023 17:39:00
Toshkentda 21-22 noyabr kunlari Markaziy Osiyo va jahon bozorlarida chakana savdo sanoati, elektron tijorat va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan PLUS-Forum Retail Central Asia bo‘lib o‘tadi. Fintex va elektron tijorat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi platformalardan biriga aylangan tadbirda Kapitalbank strategik hamkor sifatida ishtirok etadi.

— Tadbirkorlar, shu jumladan, marketpleyslar sotuvchilari va riteylerlar uchun bank xizmatlarini rivojlantirish ishimizning muhim qismidir, — dedi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Shuning uchun biz nafaqat tajriba almashish uchun bozorning yetakchi ishtirokchilarini birlashtirgan platformani qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki forum doirasida o‘zimiz  hamkorlarimiz va mijozlarimiz uchun manfaatli bo‘lgan loyihalarni taqdim etamiz.

Forum ishtirokchilarida chakana savdo sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniyati bo‘ladi. Muvaffaqiyatli loyihalar va mutaxassislar amaliyotidan aniq misollar ko‘rib chiqiladi, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolarni hal etish yo‘llari taklif etiladi. Ishchi dastur doirasida Kapitalbank ekspertlari Uzum Business platformasini rivojlantirish imkoniyatlari va rejalari haqida gapirib berishadi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech