Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” ATBning bozordagi o‘rni mustahkamlangani tufayli bank reytingini ko‘tardi
21.07.2023 20:14:00

2023-yil 21-iyul kuni S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” ATB reytingini “B-”dan “B”ga ko‘tardi, prognoz - “Stabil”. S&P Global Ratings analitiklari bankning mamlakat moliya bozoridagi o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlangani, xususan, chakana kreditlash va jismoniy shaxslarning depozitlari hajmi oshganini ta’kidladi. Shuningdek, reyting agentligi bankning qisqa muddatli kredit reytingini “B” darajasida tasdiqladi.

Agentlik analitiklari bankning biznes-o‘rnini mustahkamlanganini ta’kidladilar – shunday qilib, bugungi kunda S&P Global baholashlariga ko‘ra, “Kapitalbank” ATB aktivlar hajmi bo‘yicha mamlakatimizda yettinchi o‘rinni egallab turibdi, 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, bank chakana kreditlash va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha O‘zbekiston banklari orasida yetakchi bo‘ldi.

“Biz, tanilgan brend, raqamli innovatsiyalar sohasida yetakchi o‘rin, professional menedjerlar jamoasi va aksiyadorlarning qo‘llab-quvvatlashi, kredit va komissiyon biznesni yanada rivojlantirish uchun yaxshi sharoit yaratishlariga ishonamiz. Shu tufayli biz “Kapitalbank” ATBning uzoq muddatli kredit reytingini “B” darajasiga ko‘tardik, bu uning biznes- o‘rnini yaxshilanganligini aks ettiradi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Mustaqil analitiklarning baholashicha, “Kapitalbank” ATB bugungi kunda chakana kreditlash bozorining 14 % va chakana depozitlar bozorining deyarli 16 % egallaydi. Bankning kredit portfeli so'nggi bir necha yil ichida 75% ga oshdi, buning sababi brend haqida yuqori xabardorlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning sifati ko‘tarilishi va raqamli mahsulotlarning rivojlanishidir, hamda rivojlanishga katta sarmoya qilinganligidir.

– Xalqaro ekspertlarning baholari “Kapitalbank” ATBning O‘zbekiston moliya bozoridagi o‘rnini va bankni rivojlantirish strategiyasi samaradorligini yana bir bor tasdiqladi, – deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Va, albatta, bu bizning hamkorlarimiz va mijozlarimiz uchun muhim signaldir: bizga shaxsiy jamg‘armalarni va kompaniya hisoblarini haqiqatan ham ishonib topshirish mumkin. “Kapitalbank” ATB bugungi kunda mamlakatimizdagi eng barqaror va ishonchli banklardan biri hisoblanadi.

S&P Global Ratings analitiklarining prognozlariga ko'ra, yaqin ikki-uch yil ichida bank ham chakana mijozlar orqali, ham kichik va o'rta biznes uchun xizmatlarni rivojlantirish hisobiga o'z kredit portfelini yiliga 50%-60 % oshirishini davom etadi, bu esa optimal xarajatlarning daromadga nisbatini 40% -42% darajada, va kapitalning rentabelligi 40% yoki undan ko'p darajada saqlab qolish imkonini beradi, bu mahalliy bozor uchun yaxshi ko'rsatkichdir.

Bugungi kunda “Kapitalbank” ATB aktivlar bo‘yicha mamlakatimizdagi eng yirik xususiy bankdir, bank mijozlari - bu 1,5 milliondan ortiq jismoniy shaxslar va 40 mingdan ortiq tadbirkorlardir. Mamlakatimizning barcha hududlarida 100 dan ortiq bank filiallari faoliyat yuritmoqda. “Kapitalbank” ATB davlatimizda birinchilardan bo‘lib bankomatlar tarmog‘ini modernizatsiya qildi va bugungi kunda bankning barcha bankomatlari milliy va xalqaro to‘lov tizimlarining kartalarini qabul qilmoqda.

S&P Global Ratings haqida

S&P Global Ratings S&P Global (NYSE: SPGI) guruhining bir qismi boʻlib, global moliyaviy va xom ashyo bozorlarida, shuningdek, avtomobil sanoatida ishlaydigan tashkilotlarga kredit reytinglar, etalon ko‘rsatkichlar, tadqiqotlar va biznes yechimlarni taqdim etuvchi yetakchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. S&P Global tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar koʻplab yetakchi xalqaro kompaniyalariga iqtisodiy vaziyatda yoʻnalishni aniqlashga va kelajakni ishonch bilan rejalashtirishda yordam beradi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech