Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” O‘zbekiston banklari orasida Visa to‘lov tizimining yetakchiligini yana tasdiqladi
19.12.2023 17:37:00
Visa xalqaro toʻlov tizimi Oʻzbekistonda yil yakunlarini sarhisob qildi. “Kapitalbank” besh nominatsiya bo‘yicha xalqaro to‘lov tizimi mukofotining laureati bo‘ldi. Jamoaga esdalik statuetkalarini Visa vitse-prezidenti Kristina Dorosh topshirdi.

— Kapitalbankning millionlab mijozlari Visa taqdim etayotgan barcha xizmat turlaridan foydalanishlari uchun biz xalqaro toʻlov tizimi bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz”, - deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Masalan, bankimiz kartalari bir necha yillar davomida mablag’larni qabul qilish darajasi bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelmoqda, demak bizning mijozlarimiz butun dunyo bo‘ylab sayohat qilishlari va mehmonxona to’lovi yoki muzey chiptasi uchun to‘lovni qanday amalga oshirish haqida qayg‘urmasalar ham bo’ladi. 

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Kapitalbank O‘zbekistonda Visa kartalarini chiqargan eng yaxshi bank bo‘ldi. Aynan Kapitalbank eng katta to’lovlar hajmini ta’minlaydi, shu bilan birgalikda Kapitalbank Visa kartalari to’lovlarni qabul qilishning eng yuqori darajasiga ega - va ushbu ko’rsatkich uchun bank ikkinchi “yuqori” statuetkani oldi. 

Xalqaro toʻlov tizimi “Kapital Premium” premium-mahsulotlar va servis xizmatlari qatorini alohida taʼkidlab o’tdi – ular uchun “Kapitalbank” “Eng yaxshi premium kartalar chiqaruvchi emitent bank” nominatsiyasi mukofotiga sazovor boʻldi. 

Bundan tashqari, Kapitalbank birinchi marta Visa kartalari bo’yicha onlayn-ekvayring lideri va VisaDirect lahzali o‘tkazmalar to’lov  tizimi bo‘yicha “eng yaxshi” bank sifatiga ega bo‘ldi.

Beshta asosiy mukofotdan tashqari, Visa Kapitalbankning O’zbekistonda CyberSource tizimi bilan ishlashni ta’minlagan ilk bank, Visa Business Platinum premium korporativ kartalarini chiqargan birinchi bank sifatida va karta mahsulotlari marketingi bilan muvaffaqiyatli shug’ullanuvchi bank sifatida alohida yutuqlarini qayd etib o’tdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech