Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB tadbirkorlar uchun yangi ilovani ishga tushirdi
23.10.2023 14:26:00
“Kapitalbank” ATB o’zining tadbirkor mijozlari uchun yangilangan masofaviy bank xizmati – Uzum Business ilovasini ishga tushirdi. Ilovada “Kapitalbank” ATB mijoz-kompaniyalari va tadbirkorlar to‘lovlarni amalga oshirishlari, tranzaksiyalarni kuzatish, ko‘chirmalarni olish, valyutani sotib olish va ayrboshlash va yana boshqa ko‘p operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Kelgusida ushbu xizmat bank xizmatlari va tadbirkorlar uchun Uzum ekotizim xizmatlarini birlashtiradi.

– Hozirgi kunda O‘zbekiston tadbirkorlik shov-shuvini boshdan kechirmoqda va biz uchun kichik, o‘rta va yirik biznesga eng qulay, tezkor va ishonchli xizmatlarni ta’minlashimiz muhim, – deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Tadbirkorlar uchun bank mahsulotlari va boshqa xizmatlar integratsiyasi - bu biz faol rivojlantirishni rejalashtirgan yo‘nalishlardan biridir. Uzum Business bu bankning qulay ilovasi, kelajakda u tadbirkorlar uchun haqiqiy super ilovaga aylanadi.

Xizmatdan “Kapitalbank” ATB ning barcha yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs mijozlari foydalanishlari mumkin. Mobil ilova orqali amalga oshiriladigan moliyaviy buxgalteriya hisob-kitobi, ko'pincha mustaqil ravishda buxgalteriya hisob-kitobini olib boradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham, mutaxassislar tarkibiga ega kompaniyalar uchun ham birdek qulaydir. Biometrik maʼlumotlardan foydalangan holda kirish, ish haqi varaqalari, tezkor oʻtkazmalar, xorijiy valyutani sotib olish va sotish, muntazam toʻlov shablonlari va tranzaksiya monitoringi – bular va boshqa yana ko‘p muhim funksiyalar iOS va Android uchun Uzum Business ilovasida allaqachon mavjud. Veb-versiya va ilovaning sinxronizatsiyasi tufayli har bir versiya eng joriy ma'lumotlarni taqdim etadi, shunday qilib, kompyuterdan to'lov shablonlarini to'ldirish mumkin, ilovadan esa imzo qo'yib va to'lovga yuborish mumkin.

Bugungi kunda “Kapitalbank” ATB va “Uzum” ekotizimining xizmatlaridan mamlakatimizning barcha hududlaridan 50 mingdan ortiq tadbirkor va kompaniyalar foydalanmoqda va ularning soni faol ravishda oshib boryapti. Ekotizim infratuzilmasi O‘zbekiston fuqarolariga nafaqat o‘z mahsulotlarini butun mamlakat bo‘ylab sotish, balki o‘z biznesini rivojlantirish uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkonini ham beradi.

iOS va Android mobil ilovalarii yuklab oling.

batafsil ma'lumot uchun bankning saytida b2b.kapitalbank.uz yoki +998781481122 raqamida


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech