Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” savdoni moliyalashtirish bo'yicha xalqaro anjumanning bosh hamkori bo'ldi
17.11.2023 12:30:00
“Kapitalbank”  har yili o‘tkaziladigan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro anjuman doirasida xalqaro bank hamjamiyati, eksport-kredit agentliklari va mamlakat banklari o‘rtasidagi muloqotni an’anaviy tarzda olib bormoqda. Joriy yilda VI xalqaro anjuman 16 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

KB_site_1_B (4).jpg

Anjumanda ekspertlar savdoni moliyalashtirishni rivojlantirish istiqbollari, bozorning barcha ishtirokchilari hal qilishi kerak bo‘lgan imkoniyatlar va muammolarni muhokama qildi.

“Biz xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari bilan faol muloqot olib bormoqdamiz, bu bank faoliyatiga ilg‘or jahon tajribasini joriy etish imkonini beradi, – dedi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti faol o‘sib bormoqda va biz uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash orqali ham, mamlakat kompaniyalarini qulay moliyaviy vositalar bilan ta’minlash orqali ham bu o‘sishni qo‘llab-quvvatlash muhimdir.

KB_site_1_C (3).jpg

Anjuman davomida “Kapitalbank”ning metodologiya va ekspertiza departamenti direktori o‘rinbosari Edgard Pak, bankni strategik rivojlantirishning bir qismi sifatida raqamlashtirish hamda Uzum ekotizimida bank, fintex va e-commerce xizmatlarining integratsiyalashuvi tadbirkorlar va hamkorlar uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib  berdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech