Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB 2018 yilda XSRIKning eng yaxshi hamkori deb eʼtirof etildi
20.09.2018 18:12:59
18 sentyabr kuni “Islom Taraqqiyot Banki guruhi kuni” konferensiyasi boʻlib oʻtdi, unda “Kapitalbank” ATB Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi tomonidan moliyalashtirish liniyasidan foydalanish boʻyicha eng yaxshi hamkor deb eʼtirof etildi. Tadbir doirasida“Kapitalbank” ATB bilan Islom taraqqiyot banki guruhi tashkilotlari o’rtasida “Oʻzaro hamkorlik shartnomalari” imzolandi.
Ushbu shartnomalar tadbirkorlik subyektlarining innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, islomiy moliyalashtirish vositalarini yanada rivojlantirishga bevosita taʼsir koʻrsatadi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech