Tashkilotingiz moliyasini ilovada boshqaring - siz uchun qulay bo'lgan joyda va istalgan vaqtda. Biz bilan hisobdagi qoldiqlar va operatsiyalarni nazorat qilish, boshqa banklar va davlat tashkilotlariga pul o‘tkazmalarini yuborish oson.
Mobil ilovada siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
- Qulay va tez avtorizatsiyadan o‘tish
Bir marta login va parolni kiritib, kodni o'rnatish yoki biometriyadan foydalangan holda kirishni o‘zi kifoya, keyinchalik kirish kodi, barmoq izi yoki yuzni tanishdan foydalanib ilovaga kiraverasiz. - To'lovlarni tez yaratish
Qulay shakllar va tayyor shablonlardan foydalanib, siz tezda to'lov shablonlarini yaratishingiz va barcha kerakli to'lovlarni imzolashingiz mumkin. - Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
SWIFT- o'tkazmalarini yuboring, valyutani ayrboshlang va valyuta shartnomalari haqidagi ma'lumotlarni kuzating. - Barcha hisob varaqlar bo'yicha operatsiyalarni nazorat qilish
Barcha hisob varaqlaringiz va kartalaringiz bitta bo'limda to'plangan. Siz ko‘chirmalarni yaratishingiz va hisob balanslarini kuzatishingiz mumkin. Barcha kiruvchi va chiquvchi to'lovlaringiz saqlanadigan "Tarix" bo'limida siz har bir tranzaksiya tafsilotlarini topasiz. - Xodimlarga ish haqini yuborish
Ish haqi jadvalini yarating, to'lov summalarini to'ldiring va to'lovni imzolang. Xodimlarga ish haqi darhol o'sha kuni to'lanadi. -
Mobil ilova va internet- bank endi birga ishlaydi
Endi mobil ilova va internet- bank birgalikda ishlaydi. Qaysi platformada hozir ishlayotganingiz muhim emas. Biznes ma'lumotlarini istalgan qurilmadan osongina ko'rishingiz uchun biz veb-versiya va mobil ilovani birlashtirdik
Masalan, agar siz veb-versiyada to'lov yaratgan bo'lsangiz, u avtomatik ravishda mobil ilovada paydo bo'ladi va uni ichida siz imzolashingiz mumkin va aksincha, agar siz mobil ilovada shablon yaratgan bo'lsangiz, u veb-versiyasida ham paydo bo'ladi va uni imzolashingiz mumkin. - Bir vaqtning o'zida bir nechta to'lovlarni yoki barcha mavjud to'lovlarni imzolang.
- To'lovlarni rejalashtiring: to'lovni yarating, to'lov sanasini ko‘rsating va imzolang. Siz ko'rsatgan muddatda to'lovni bankka jo'natamiz.
- 1 va 2 kartotekalarda toʻlov talabnomalarini yarating va kiruvchilarini koʻring.
- Barcha toʻlovlaringizni Operatsiyalar tarixida osongina topish mumkin.
- Bir marta bosish bilan hisob va karta rekvizitlarini baham ko'ring.
- Hisob operatsiyalari haqida push-bildirishnomalarni oling.
- Login/parol (agar avtorizatsiyaga 5 marta noto'g'ri urinish bo'lsa, hisob bloklanadi)
- SMS- kod yordamida qo'shimcha autentifikatsiya
- Tizimga faqat ro'yxatdan o'tgan telefon raqamlaridan kirish
- Mijoz modifikatsiyalangan tizim dasturiy ta'minotiga ega qurilmalardan foydalanmasligi kerak - iOS-da jailbreak va Android uchun root-modifikatsiyasidan.
- Faqat foydalanuvchiga ma'lum bo'lgan maxfiy kod yordamida to'lovni tasdiqlash.
- Tizim imkoniyatlariga rol bo'yicha kirishga foydalanuvchining cheklovlari.
- Thawte SSL CA sertifikati yordamida xavfsiz SSL protokoli orqali ma'lumotlarni uzatish.
Bundan tashqari, mobil ilovada boshqa foydali funksiyalar ham mavjud:
Himoya vositalari:
Mobil ilovasi “Uzum Business | Kapitalbank” –Android (6.0 versiyasidan past bo‘lmagan) va iOS (13.0 versiyasidan past bo‘lmagan) platformalari uchun bank yuridik mijozlari uchun mo‘ljallangan.
Android
Ilovani yuklab olish uchun QR- kod (mobil qurilmangizda QR- kodni o'qish uchun maxsus dasturdan foydalaning)