Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Kapitalbank” ATB aksiyalar qo‘shimcha emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazgan

2010-yilning 15-dekabrida O‘zR Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi tomonidan Kapitalbankning oddiy nomi yozilgan aksiyalarining o‘ninchi qo‘shimcha emissiyasi hujjatlashtirilmagan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Qo‘shimcha emissiya doirasida Bank 1 000 000 dona aksiyani joylashtirishni rejalashtirgan.

Chiqarilgan aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – “Birja” gazetasida aksiyalar emissiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida e'lon berilgan kundan keyingi o‘n beshinchi kun.

Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish yakunlanishi sanasi – investorga oxirgi aksiya realizatsiya qilingan kun, ammo aksiyalar emissiyasi to‘g‘risida mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyin 365 kundan ko‘p o‘tmasdan.


Aktsiyalar o'ninchi masala bo'yicha batafsil ma'lumot «Kapitalbank» ATB
Bank aktsiyalari masala shartlari
ATB aksiyalarining chiqarilgan emissiyalari
Hajmi: 113.11 КБ
Format: pdf
17-chiqarilish yakunlari haqida xabarnoma
Hajmi: 511.04 КБ
Format: pdf

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech