
“Kapitalbank” ATB o'z mijozlariga PAX-A930 nazorat-kassa apparatlarini taqdim etadi. Apparatlar Onlayn-NKM va virtual kassalar Yagona davlat reestrida majburiy ro'yxatdan o'tdi va Davlat Soliq Qo'mitasi tomonidan foydalanish uchun ma'qulladi.
Onlayn-NKM sotib olsangiz, siz onlayn-NKMni birlashtirgan 3-si1-da apparatini, plastik kartalardan to'lovlarni qabul qilish uchun UzCARD terminalini va QR-kodlar va shtrix-kodlarni o'qish moslamasini olasiz. Va bularning barchasi yiliga 1 393 000 so'm yoki oyiga 116 000 so'm puliga to’g’ri keladi.
Onlayn-NKM narxini hisoblash:
- To'lovni to'lash – oyiga 275 000 so'm x 12 oyga = 3 300 000 so'm.
- Davlat soliq inspektsiyasidan fiskal modul sotib olish (bir martalik to'lov) – 223 000 so'm.
- “Arca Group” MChJga ulanish (bir martalik to'lov) – 100 000 so'm. https://arca.uz/ru
- soliq imtiyozlari – 2 230 000 so'm.
Birinchi yil uchun yakuniy hisob-kitob: 3 300 000 + 223 000 + 100 000 – 2 230 000 = 1 393 000 so'm.
PAX-A930 – bu PCI PTS 5.x va EMV standartlari bo’yicha sertifikatlangan simsiz onlayn kassalarning yangi avlodi, u Android 7.1 bazasida yaratilgan eng so'nggi protsessor va PayDroid OS opertsion tizimlari bilan. O'rnatilgan 4G, Wi-Fi va Bluetooth ulanishlari hamda yuqori quvvatli akkumulyatori tufayli apparat barcha to'lov turlarini (naqd va naqdsiz) qabul qilishga imkon beradi, o'rnatilgan UzCARD terminaliga ega va maksimal ishlab chiqarishini ta'minlaydi. Qurilma QR-kodlar va shtrix-kodlarni o'qish uchun ikkita kamera bilan jihozlangan. Apparat ixcham bo’lib qo'lga bemalol sig'adi va 5,5-dyuymli yuqori aniqlikdagi sensorli displey foydalanuvchiga an'anaviy POS-terminallari va onlayn-kassalardan farqli ravishda yangi grafik imkoniyatlarini taqdim etadi.
Diqqat! Tadbirkorlik sub'ektlar 2021 yil 1 yanvargacha onlayn NKM-dan foydalanishga o'tganda, ularga har bir onlayn NKM-ni sotib olish, o'rnatish, ishga tushirish bilan bog'liq xarajatlar miqdoriga hisoblangan va to'lanadigan daromad solig'i yoki yagona soliq to'lovi yoki yagona soliq miqdorini kamaytirish huquqi beriladi, ammo hisoblangan bazaning 10 baravaridan ko'p bo'lmagan holda. Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813 sonli farmoni bilan belgilangan.
Onlayn-NKM qismlarga bo'lib sotib olish bo’yicha ma'lumotlarni olish uchun bank filiallariga murojaat qilishni so’raymiz yoki quyidagi telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling: (78) 148-40-08, (71) 200-45-45, (71) 200-15-15.
PAX-A930 texnik xususiyatlari:
OS |
PayDroid Powered by Android 7.1 |
Prosessor |
Application CPU: Quad-core Cortex®-A53, 1.4GHZ Security CPU: 32-bit RISC Core (ARMv7-M) 1.25DMIPS/MHz |
Xotira |
1GB DDR + 8GB eMMC |
Displey |
5.5-inch 720 x 1280 IPS Display with Capacitive Touch |
Klaviatura |
1 x yoqish/o’chirish tugmachasi 1 x ovozini ko’paytirish 1 x ovozini pasaytirish |
Sensorlar |
G-Sensor (opsiyalar bo’yicha) Yorug’ning avtomatik datchigi |
Kart-riderlar |
Magnitli kart-rider Smart-kart hisobgich Kontaktsiz kart-rider |
Kameralar |
Old tomon: 0.3 megapiksel belgilangan fokusli kamera Orqa tomon: avtofokus va svetodiod yoritgichli 5 megapikselli kamera |
Batareya |
7.2V / 3350mAh Litiy-ionli akkamulyator |
Dinamik |
1 x Dinamik |
O’lchamlar |
190 x 84.4 x 65.8 mm Og’rligi (gr): 460 (batareyani xisobga olgan holda) |
Aloqa |
FDD-LTE / TDD-LTE WCDMA/ TD-SCDMA / EVDO GSM / CDMA Bluetooth 4.2 WiFi: 802.11 b/g/n, 2.4GHz, 802.11ac b/g/n, 5GHz (optional), Hotspot qullab-quvvatlash |
Joylashuvi |
GPS |
Printer |
2-dyuymli yuqoritezlikli printer Yozish tezligi: 80 mm/s Qog’oz kengligi: 58 mm Diametr: 40 mm |
Interfeys portlari |
1 x SIM karta sloti + 2 x SAM karta sloti (yoki 2 x SIM + 1 x SAM) 1 x Micro SD karta 128 GBgacha bo’lgan xajmni ko’taradi 1 x (USB 2.0 OTG) Port zaryadka uchun Type-C porti 1 x 3.5мм Audio Jack 6pin POGO pin |
Aksessuarlari (opsiyalar bo’yicha) |
To'yintirish bazasi МKo’pfunksiyali baza potlari bilan: 1RS232, 1 x LAN (RJ45), 2 x USB Type-A Host, 1 x USB Type-C port to'yintirish uchun, 1x LED quvvat ko'rsatkichi |
Indikatorlar |
Kontaktsiz tranzaktsiyalar ko'rsatkichlari: Ko’k, Sariq, Yashil, Qizil Smart-karta ko'rsatkichi |
Qo’llash sharoitlari |
Ish harorati -10°C ~ 50°C (14°F ~ 122°F) Saqlash harorati -20°C ~ 70°C (-4°F ~ 158°F) 5% ~ 96% nisbiy namlik, kondensatsiz |
Iste’moli |
Kirish: 100 - 240V AC, 50Hz / 60Hz Chiqish: 5.0V DC, 2.0A |