Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Doiraviy kredit liniyasi Bank va Mijozning Bank belgilangan limit va muddat ichida Bitimni tuzish orqali kreditlarni taqdim etishga tayyorligi to'g'risidagi kelishuvni anglatadi. Bitim asosida Bankning Mijozlariga kreditlarni taqdim etish alohida tuziladigan kredit shartnomalari bo'yicha amalga oshiriladi.

Kreditlash shartlari mijozning moliyaviy ahvoli, uning ehtiyojlari va faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib yakka tartibda belgilanadi.
Shu tariqa, Mijoz zarur hujjatlarni takror topshirmasdan turib kreditni olish, zaruratga qarab, belgilangan limit va muddat ichida pul mablag'larini bo'lib-bo'lib olish  imkoniyatiga ega bo'ladi.

DKLni ochish to'g'risidagi Bitimni tuzishda Bankning tariflariga muvofiq bir martalik komissiya undiriladi.

DKLning asosiy afzalliklari:

  • Bir Bitim doirasida ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatishni kengaytirish, asosiy va aylanma mablag'larni xarid qilish, bajarilgan ishlar va va xizmatlar uchun to'lov o'tkazish  orqali  savdoni rivojlantirish uchun kreditlar olish imkoniyati;
  • Bir Bitim doirasida turli kredit mahsulotlari: kreditlar, lizing, akkreditivlar va mijozning ehtiyojlari/xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kafolatlarni olish imkoniyati;
  • Bir Bitim doirasida belgilangan limit va muddat ichida cheklanmagan miqdorda kreditlarni olish va to'lash imkoniyati;
  • Ta'minot Bir Bitim doirasida tuzilgan har bir kredit shartnomasi bo'yicha alohida yoki DKL ning butun qiymatiga tuzilgan Bitim bo'yicha taqdim etiladi. Bu Mijozlarga  bir marta zarur hujjatlarin to'plash va ta'minotni rasmiylashtirish imkoniyatini beradi.
  • Kredit mahsulotlarini turli valyuta – milliy valyutada va/yoki xorijiy valyutada olish imkoniyati;
  • Moliyalashtirishni amalga oshirish va ta'minotni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarin qisqartirish.


Hisob-kitob

Har oylik to’lov:
... sum
Ortiqcha to’langan to’lovlar:
... sum
Talabnoma yuborish

Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitoblar taxminiy. Kredit bo’yicha yanada batafsil ma’lumot bank bo’limida taqdim etiladi.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech