Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Shunisi ma’lumki, bank kafolati to‘lov va shartnoma majburiyatlarini ijro etish vaqtida ommabop instrument hisoblanadi. Bank kafolati – majburiyatlarni ijro etishni ta’minlash usullaridan biri hisoblanib, unda bank (boshqa bir kredit muassasasi, yoki tijorat tashkiloti) (kafil) qarzdor (prinsipial) ning iltimosiga binoan kreditor (benefitsiar)ga u talab qo‘ygan vaqtda pul summasini to‘lash haqida yozma majburiyat beradi.

Bank kafolatining asosiy turlari quyidagilardan iborat:

  • to‘lovga kafolat;
  • kontraktning lozim darajada bajarilishiga kafolat;
  • avans to‘lovining qaytarilish kafolati;
  • tender kafolati (taklif kafolati);
  • kreditlar bo‘yicha ta’minot kafolati;
  • bank bojxona kafolati.

Bitim bo‘yicha asosiy shartlar:

  • Amal qilish muddati - olinadigan Kafolat turiga muvofiq;
  • Foiz stavkasi – kelishuvga muvofiq;
  • Kafolatni muddatidan oldin yopishga – yo‘l qo‘yiladi, muddatidan oldin yopish uchun jarima va komissiyalar olinmaydi;
  • Ta’minot – ko‘chmas mulk, avtotransport, depozitlar, maxsus texnika va Qonunchilikka muvofiq boshqa likvid mol-mulk;
  • Aralash ta’minot ham bolishi mumkin.  

Bank Kafolatini qanday olish mumkin:

1

Maslahat
Joylashgan manzili Siz uchun qulay bo‘lgan Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi Kafolat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo‘yicha maslahatlar beradi hamda Sizning barcha savollaringizga javob beradi.

2

Hujjatlarni yig‘ish va Kafolat olish uchun arizani rasmiylashtirish
Zarur hujjatlarning to‘liq paketini to‘plang. Bank mutaxassisi bilan uchrashuv vaqtida u bilan birgalikda Kafolat olish uchun ariza (rasmiy ariza)ni to‘ldiring va zarur hujjatlarning to‘liq paketini topshiring. Bank mutaxassisi Sizning Kafolat olish uchun arizangiz (rasmiy ariza) va taqdim etilgan hujjatlar paketini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.

3

Bank tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiy arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish
Bank tomonidan rasmiy ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati, Bankka zarur hujjatlarning to‘liq paketi ilova qilingan Kafolat olish bo‘yicha ariza (rasmiy ariza)ning kelib tushgan kunidan boshlab 20 ish kunidan oshmaydi. Bank tomonidan ariza (rasmiy ariza)ni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligiga bog‘liq.

4

Kredit berish haqidagi shartnomani tuzish va ta’minotni rasmiylashtirish
Bankning ijobiy qaroridan keyin Siz tegishli shartnomani imzolaysiz va belgilangan tartibda Kafolat bo‘yicha ta’minotni rasmiylashtirasiz.

5

Kafolat shaklini olish
Kafolat tegishli shartnomalar, import kontrakt/shartnomalar, tender hujjatlari va bank Kafolati olish predmeti bo‘lgan boshqa hujjatlar shartlariga muvofiq taqdim etiladi

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech