Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Quyidagi kredit vositalari ishlatish doirasidagi asosiy mablag’larni sotib olish uchun doiraviy kredit liniyasi:

  1. moliyalashtirilgandan keyingi / diskontlangan / kechiktirilgan to'lov opsiyalari bilan yopilmagan akkreditivlar (keyingi o'rinlarda akkreditiv);
  2. aylanma kredit liniyasini (keyingi o'rinlarda kredit) ochmasdan turib berilgan kreditlar.
KREDIT / AKKREDITIV SUMMASI - potentsial Qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga, uning biznesi hajmiga va kreditni to’lash manbasiga bog'liq.
AKKREDITIV / KREDIT VALYUTASI - AQSh dollari / Yevro;
DKL MUDDATI - 37 oygacha;
AKKREDITIVNING AMAL QILISH MUDDATI - 12 oygacha;
KREDIT MUDDATI - 24 oygacha;
RISK UCHUN FOIZ STAVKASI / MUKOFATI - kelishuv bo'yicha.
AKKREDITIV BO’YICHA BOSHQA XARAJATLAR – xorijiy bankning tariflari bo'yicha;
AKKREDITIV BO’YICHA RISK UCHUN MUKOFOTLARNI TO'LASH - har oyning 5-sanasida;
KREDIT BO’YICHA FOIZLARNI TO'LASH - har oyning 5-sanasida. Foizlar kredit bo’yicha qarzning haqiqiy qoldig'iga nisbatan hisoblanadi;
KREDIT SUMMASINI TO’LASH - har oy teng miqdoragi to’lovlarda;
KREDIT BO’YICHA TA’MINOT – diskontni qo'llagan holda mulk garovi (shu jumladan, shaxsiy va uchinchi shaxslar – ham yuridik, ham jismoniy shaxslarniki) ta'minot vazifasini o'tashi mumkin *:
  • ko’chmas mulk;
  • avtotransport;
  • depozit (milliy va / yoki xorijiy valyutada);
  • maxsus texnikalar;
  • boshqa likvid mulklar.

Shuningdek O’zR qonunchiligida man qilinmagan ta’minotning boshqa turlari, shu jumladan Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash Davlat fondining kafilligi ham kredit ta’minoti bo’la oladi. Aralash ta'minotga ham yo'l qo'yilishi mumkin. DKL qiymatining kamida 125 foizi miqdoridagi ta'minot qabul qilinadi.
MUDDATIDAN OLDIN TO'LOV – bunga yo'l qo'yiladi, jarimalar va muddatidan oldin to'lov uchun komissiyalar undirilmaydi.
* Diskont – garov qiymatini aniqlash uchun mulkning bahosidan nisbat foizida arzonlashtirilgan narx. Diskont qiymati mulkning turi, uning bahosi va kredit muddatiga bog'liq.

Potentsial qarz oluvchiga qo'yiladigan asosiy talablar:
  • Yuridik shaxs tashkil etmagan xususiy tadbirkor yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korxona.
  • Yurib turgan daromad keltirayotgan biznes bo‘lishi.
  • “Kapitalbank” ATBda asosiy va ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i bo‘lishi.
  • “Kapitalbank” ATB faoliyat yuritadigan mintaqada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va biznes yuritishi;
  • Loyihada kamida 20 foiz shaxsan ishtirok etish afzal ko’riladi.
  • Ijobiy kredit tarixi bo’lishi afzal ko’riladi.
  • Ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritishni boshlaganiga 12 oydan ko‘p muddat o‘tganligi afzal ko‘riladi.
  • Zarar ko‘rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega korxonalarga kredit berilmaydi.
DKLni ochishda mumkin bo'lgan boshqa xarajatlar:
  • Kredit arizasi va hujjatlar jamlanmasini bankka ko'rib chiqishga bergunga qadar xarajatlar:
    • Biznes rejani tuzib chiqish uchun konsalting tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar;
    • Garov predmetini baholash uchun mustaqil baholash tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar.

Kreditni taqdim etish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilinganidan keyingi xarajatlar

  • Garov predmetini sug'urtalash uchun sug'urta tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar;
  • Kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlar: vakolatli organlarning tariflariga muvofiq davlat bojini to'lash bo'yicha xarajatlar, hujjatlarni notarial tasdiqlatish uchun xarajatlar hamda boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun xarajatlar.

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech