Shunisi ma’lumki, bank kafolati to‘lov va shartnoma majburiyatlarini ijro etish vaqtida ommabop instrument hisoblanadi. Bank kafolati – majburiyatlarni ijro etishni ta’minlash usullaridan biri hisoblanib, unda bank (boshqa bir kredit muassasasi, yoki tijorat tashkiloti) (kafil) qarzdor (prinsipial) ning iltimosiga binoan kreditor (benefitsiar)ga u talab qo‘ygan vaqtda pul summasini to‘lash haqida yozma majburiyat beradi.
Bank kafolatining asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- to‘lovga kafolat;
- kontraktning lozim darajada bajarilishiga kafolat;
- avans to‘lovining qaytarilish kafolati;
- tender kafolati (taklif kafolati);
- kreditlar bo‘yicha ta’minot kafolati;
- bank bojxona kafolati.
Bitim bo‘yicha asosiy shartlar:
- Amal qilish muddati - olinadigan Kafolat turiga muvofiq;
- Foiz stavkasi – kelishuvga muvofiq;
- Kafolatni muddatidan oldin yopishga – yo‘l qo‘yiladi, muddatidan oldin yopish uchun jarima va komissiyalar olinmaydi;
- Ta’minot – ko‘chmas mulk, avtotransport, depozitlar, maxsus texnika va Qonunchilikka muvofiq boshqa likvid mol-mulk;
- Aralash ta’minot ham bo‘lishi mumkin.
Bank Kafolatini qanday olish mumkin:
1 |
Maslahat |
2 |
Hujjatlarni yig‘ish va Kafolat olish uchun arizani rasmiylashtirish |
3 |
Bank tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiy arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish |
4 |
Kredit berish haqidagi shartnomani tuzish va ta’minotni rasmiylashtirish |
5 |
Kafolat shaklini olish |