Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Telefon raqamingiz orqali Visa bo’yicha pul o'tkazing va sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo'ling
11 Jun 2024
Visa Kapitalbank 8 dona Samsung QLED televizorlarini o’yinga qo’yadi. Yutuqli o’yinda telefon raqami orqali o’tkazilgan 100 000 so‘m yoki Kapitalbank Visa kartasidan boshqa Visa kartaga o’tkazilgan 10 AQSh dollari miqdoridagi har bir Visa Direct o‘tkazmasi o‘yinda ishtirok etadi.

Sovrinli oʻyinda Visa Kapitalbank kartalari egalari, 18 yoshdan oshgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etadilar. Oʻzbekiston bo’ylab yoki dunyoning istalgan nuqtasida qabul qilib oluvchining kartasiga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanib, Visa kartalari oʻrtasida pul oʻtkazishingiz mumkin.

Alias tizimida telefon raqamini faollashtirish uchun Kapitalbank ilovasida roʻyxatdan oʻtish kerak bo’ladi. Buning uchun “xalqaro o’tkazmalar”ga kiring, “Visa direct”ni tanlang, “telefon raqami bo’yicha” ilovasiga o’ting va yuqori o’ng burchakdagi “Visa Aliasda ro’yxatdan o’tish” opsiyasini tanlang. Keyin Visa valyuta kartasini tanlang va telefon raqamingizga kelgan ilovada ro’yxatdan o’tgan SMS-xabarnoma orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.

Pul o'tkazmasini yuborish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
  • Kapitalbank ilovasini ochish
  • «Telefon raqami orqali o’tkazmalar» bo’limiga o’tish
  • Kerakli kontaktni tanlash
  • Summani kiritish
  • O’tkazmani tasdiqlash
G‘oliblar 2024-yil 12-avgust kuni tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalar bankning rasmiy veb-sayti, shuningdek, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi Visa Kapitalbank sahifalariga joylashtiriladi. O'yin o'tkazilish muddati 11.06.2024 dan 10.08.2024 gacha. Aksiya haqidagi batafsil ma’lumotlarni kapitalbank.uz sayti yoki 1340 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Ko'plab pul o’tkazmalari - g'alabaga bo’lgan ko'plab imkoniyatlar!

Aksiya ofertasi
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 30021

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech