
Kapitalbank o‘zining 25 yilligi munosabati bilan kichik biznes segmentidagi korporativ mijozlar uchun o‘tkazgan aksiya g‘oliblari ma’lum bo‘ldi. "Mustaqil inkassatsiya qilish" xizmatimiz foydalanuvchilari orasida biz 10 ta Bankosa BK35 banknot hisoblagichini o‘ynadik.
Kapitalbank’ning yangi avlod bankomatlari orqali mustaqil inkassatsiya qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va kichik korxonalar biznes uchun zamonaviy uskunalarga ega bo‘lishdi. Aksiya shartlariga ko‘ra, 15-iyunga qadar ular bir operatsiya uchun o‘z hisob raqamlariga 5 million so‘mdan boshlab mablag‘ kiritishlari kerak edi.
Maxsus o‘yin g‘oliblari 19-iyun kuni jonli efirda aniqlandi. Bugun esa omad kulib boqqanlarni yana bir bor quvonch bilan e’tirof etamiz:
- "INFO SERVICE PAY 777" MCHJ
- YATT YULDASHALIYEV KAMIL ISMAILOVICH
- "POWER STROY SSS" MCHJ
- "GOOD PAY" MCHJ
- SMART PHARMACY MCHJ
- ASIA TRADE XIVA XK
- URAZOV ISLOM ULUGBEKOVICH MCHJ
- NABERABEGIM MCHJ
- RAYHONA ABDUMALIK FARM MCHJ
- YATT NOROV BAHROMJON ABDIVALI OG‘LI
- Bizning aksiyamizga katta qiziqish bildirishdi, bu esa kichik biznes sohasidagi korporativ hamkorlarimiz orasida mustaqil inkassatsiya qilish xizmatiga bo‘lgan talabning jonli dalilidir. 25 yildan buyon Kapitalbank O‘zbekistonda zamonaviy texnologik va samarali ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga ko‘maklashib kelmoqda va biz buni ustuvor vazifalarimiz qatorida saqlab kelmoqdamiz, - dedi "Kapitalbank" ATB Kichik biznes departamenti direktori Akmal Fayziyev.
Eslatib o‘tamiz, aksiyaning hamkori BS/2 Tashkent kompaniyasi bo‘ldi. Kapitalbank’ning yangi avlod bankomatlari tarmog‘i orqali "Mustaqil inkassatsiya qilish" xizmati esa yakka tartibdagi tadbirkorlar va kichik korxonalarga bank kassasiga tashrif buyurmasdan, tushumni o‘z hisobvaraqlariga kecha-yu kunduz o‘tkazish imkonini beradi.
Xizmat haqida batafsil ma’lumotni xizmat ko‘rsatuvchi filialda yoki 1278 qisqa raqami orqali bilib olishingiz mumkin.



