
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Kapitalbank kreativ media-uchrashuv o‘tkazib, unda yetakchi jurnalistlar, muharrirlar, blogerlar va kontent yaratuvchilarni birlashtirdi. Har kuni mamlakat axborot kun tartibini shakllantiradigan, jamiyatga voqealarni tushunishda yordam beradigan va faktlarni hikoyalarga aylantiradigan insonlar ushbu kechaning bosh qahramonlariga aylanishdi.

Kapitalbank o‘zining 25 yillik yubileyi munosabati bilan media sohasi vakillari bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Kapitalbank Media Club yangi professional hamjamiyatni taqdim etdi. Bayram kechasi klub ishtirokchilari uchun ilk uchrashuv bo‘ldi.

Dastur bir vaqtning o‘zida Matbuot va OAV xodimlari kuni hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA 2026 Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki kabi ikki muhim voqeani birlashtirdi.

Kechaning rasmiy qismi mehmonlarni gazetalar asosiy axborot manbai bo‘lgan, har bir yangi sonni millionlab mushtariylar intiqlik bilan kutgan retro davrining estetik muhitiga olib kirdi. Shu g‘oyani davom ettirgan holda, bank mehmonlar uchun Kapital Stories gazetasining maxsus sonini taqdim etdi hamda Kapitalbankning 25 yillik tarixi haqida hikoya qiluvchi yubiley filmini namoyish qildi.

Rasmiy dasturdagi eng muhim voqea Kapitalbank Media Club’ning ochilishi bo‘lib, u professional muloqot, g‘oyalar almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi maydonga aylandi.
Tadbir ishtirokchilariga “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi Raisi Kirill Mayevskiy tabrik nutqi bilan murojaat qildi:
“Bu kecha har kuni voqealarni tarixga aylantiradigan insonlarga bag‘ishlanadi. Kapitalbank jamoasi nomidan sizlarni bayram bilan tabriklayman! Sizning kasbingiz nafaqat iste’dod, balki ulkan mas’uliyat, jasorat va bir necha daqiqada qaror qabul qilish kabi muhim sifatlarni talab qiladi. Bankimiz 25 yil davomida jamiyat bilan ochiq muloqot orqali rivojlandi va bu yo‘lda siz doimo yonimizda bo‘ldingiz. Loyihalarimiz haqida so‘zlab berib, muhim voqealarni biz bilan baham ko‘rdingiz, bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydigan masalalarni ko‘tardingiz. Kasbiy mahoratingiz, ishonchingiz va hamkorligingiz uchun minnatdormiz!”.

Oqshomning kulminatsion qismi Kapitalbank tomonidan media hamkorlarga professional mahorat, uzoq yillik hamkorlik va ochiq axborot makonini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun ta’sis etilgan ilk Kapitalbank Awards mukofotining taqdirlash marosimi bo‘ldi.
Mukofot sovrindorlari:
• “Moliyaviy savodxonlik yo‘lboshchilari” — Spot.uz (aholining moliyaviy savodxonligini rivojlantirishga qo‘shgan hamkorlikdagi hissasi uchun);
• “Qamrab olish bo‘yicha yetakchilar” — Daryo.uz (keng qamrovli auditoriya uchun);
• “Tezkor javob beruvchi tahririyat” — Repost.uz (tezkorlik va har qanday sharoitda ishlashga tayyorligi uchun);
• “Tanaffussiz tahririyat” — Kursiv.uz (asosiy voqealarni 24/7 tarzida yoritishga tayyorligi uchun);
• “Efir ustalari” — Uzreport (televizion kontent ishlab chiqarishdagi yuqori professionallik uchun);
• “Jamoat manfaatlari himoyachisi” — Nikita Makarenko (dolzarb ijtimoiy masalalarga e’tibori uchun);
• “Tabiat ovozi” — Mo‘tabar Xushvaqtova (Urikguli) (yangi avlodda ekologik madaniyatni shakllantirishga qo‘shgan hissasi uchun);
• “Axborot ovining qahramoni” — DiorIlkhom (eng yorqin va noodatiy trendlarni topish mahorati uchun);
• “Professional muxbir” — Malika Tagaynazarova (Repost TV) (kadrda barqaror va yuqori professional ishi uchun);
• “Muvaffaqiyatning 25 kadri” — Stargazer prodakshn-studiyasi (Kapitalbank yubiley filmini yaratgani uchun);
• “Taassurotlar rejissyorlari” — Safarov prodakshn-studiyasi (g‘oyalarni yorqin vizual hikoyalarga aylantirish mahorati uchun).

Kech davomida mehmonlar uchun tematik interaktiv maydonlar tashkil etildi. Mehmonlarda retro-tahririyat zonasida esdalik uchun suratga tushish, professional karikaturachidan shaxsiy portretni chizdirish hamda antiqa yozuv mashinasida o‘z tilaklarini yozib qoldirish imkoniyati bo‘ldi — bu esa ularda klassik jurnalistika davriga qaytish taassurotini uyg‘otdi.

Birozdan so‘ng kecha muhiti sport atmosferasi bilan almashdi. Media-makon haqiqiy fan-zonaga aylanib, ishtirokchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA 2026 Jahon chempionatidagi Portugaliyaga qarshi tarixiy o‘yinda birgalikda qo‘llab-quvvatlashdi.

“Media-prognoz” tanlovi doirasida mehmonlar o‘yin hisobini va kiritilgan ilk gol vaqtini taxmin qilish orqali o‘z ichki qobiliyatlarini sinab ko‘rishdi. Futbol ixlosmandlari uchun kviz o‘yini ham tashkil etilib, unda g‘oliblar Visa × Kapitalbank maxsus kolleksiyasidan eksklyuziv sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi.

Kapitalbank media sohasi vakillariga, blogerlarga va barcha hamkorlarga ko‘p yillik ishonch, professional yondashuv va hamkorlik uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi. Ishonchimiz komilki, Kapitalbank Media Club ochiq muloqot, yangi g‘oyalar va birgalikda yaratiladigan yorqin hikoyalar uchun yana bir muhim platformaga aylanadi.



