Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Faktoring operatsiyasi - moliyalashtirish shakllaridan biri bo’lib, uning mohiyati bank tomonidan tovarlar, ishlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilardan tovarlar, ishlar va xizmatlarni xaridorlarning majburiyatlari bo’yicha to’lovni talab qilish huquqini sotib olishdan iboratdir.

Asosiy shartlar:

Moliyalashtirish summasi - Yetkazib beruvchi/Xaridorning pul aylanmasi va moliyaviy holatidan kelib chiqib bank tomonidan belgilanadi;
Moliyalashtirish muddati - yetkazib berish sanasidan boshlab 90 kalendar kungacha;
Diskont stavkasi - kelishilgan holda. Diskont to’lovi Yetkazib beruvchi tomonidan Bankning berilgan pulga bo’lgan talab summasidan tegishli summani ushlab qolishi orqali amalga oshiriladi.

Faktoringning qaysi turi sizga mos keladi?

Yetkazib beruvchi uchun - Klassik faktoring
Xaridor uchun - Reversiv faktoring

Bitimni amalga oshirish tartibi:
  1. Ariza qoldiring
  2. Bank xodimlari siz bilan bog’lanadi
  3. Hujjatlar to’plamini taqdim eting
  4. Faktoring shartnomasini tuzing
  5. Moliyalashtirishni oling
Quyidagi talablarga muvofiq faktoring operatsiyalari amalga oshirilmaydi:
  • budjet tashkilotlari va jismoniy shaxslarga qo’yiladigan talablar;
  • to’lovga layoqatsiz va/yoki zarar keltiruvchi korxonalar va/yoki nolikvid balansga ega bo’lgan korxonalarga qo’yiladigan talablar;
  • kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish talablari;
  • kompensatsiya va barter bitimlariga qo’yiladigan talablar;
  • ishlar uchun bosqichma-bosqich yoki 100% oldindan to’lov qilishni nazarda tutadigan shartnomalar;
  • Xaridorga mahsulotni kelishilgan vaqt ichida yoki sotishdan keyingi xizmat ko’rsatilganda qaytarib berishga imkon beradigan shartlar mavjud bo’lgan shartnomalar bo’yicha talablar.

Klassik faktoring - bu Xaridorlar tomonidan akseptlangan, ammo to’lov qilinmagan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul talablari bo’yicha to’lovni olish huquqini bankka berish maqsadida Yetkazib beruvchilarni moliyalashtirish bo’yicha bank xizmati turi, bu yerda tashabbuskor Yetkazib beruvchi bo’lishi kerak.

Yetkazib beruvchi uchun imtiyozlar:
  • kassa uzilishlarini qisqartirish, pul mablag’larini tovarlarni jo’natish kunida olish;
  • aylanma mablag’larni to’ldirish;
  • biznesni kengaytirish;
  • siz xaridorga kechiktirilgan to’lovni berasiz va o’zingizni raqobatchilar orasida manfaatliroq ko’rsata olasiz.
Reversiv faktoring - bu Xaridor qabul qilingan tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun kechiktirilgan to’lovni olish yoki muddatini oshirish tashabbuskori bo’lgan faktoring turi. Moliyalashtirish limiti Xaridorga uning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib belgilanadi. Yetkazib beruvchilar, Xaridorning roziligi bo’lgan taqdirda, Xaridorga belgilangan moliyalashtirish limitini o’zlashtiradilar.

Xaridor uchun faktoringning afzalliklari:
  • Kechiktirilgan to’lov muddatini uzaytirish;
  • Yetkazib beruvchilarga avans to’lovlarini amalga oshirishning zaruriyati yo’qligi;
  • Yetkazib berishning ishonchliligi va o’z vaqtida bajarilish darajasini oshirish.
×

Faktoring uchun hoziroq so`rov yuboring

CAPTCHA

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech