“Kapitalbank” ATB milliy va chet el valyutasida hisob-kitob kassa xizmatlari bo‘yicha barcha zarur xizmatlarni taqdim etadi. Hisob-kitob kassa xizmatlari ko‘rsatish - bu biznes-jarayonlar ishlashining mustahkam asosi. Hisob-kitoblar mijozlarning manfaati yo‘lida va ularning xohishlariga ko‘ra tez va sifatli amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan yuqori texnologiyalar va xodimlarning yuqori kasb mahorati bank ishini yuritish bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga javob beradi va yuqori darajada hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatilishini ta'minlaydi. “Kapitalbank” OATB doimo mijoz manfaatlari yo‘lida ish yuritadi va turli biznes sohalarining o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda har bir mijozga o‘zgacha yondashadi hamda yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini, to‘lovlarni amalga oshirish uchun amaliyot zalida uzoq kutib qolinmasligini kafolatlaydi. Amaliyot zali xodimlari barcha zarur xizmatlarni ko‘rsatadilar, shu jumladan mijozlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradilar, ulardan o‘z maslahatlarini ayamaydilar.
Hisob-kitob operatsiyalari
“Kapitalbank” ATB yuridik mijozlar va xususiy tadbirkorlarga milliy va chet el valyutasida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek barcha turdagi hisob-kitob kassa operatsiyalarini bajarish imkonini beradi:
- yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;
- naqd pul mablag‘larini inkassa qilish;
- o‘zbek so‘mi va chet el valyutasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;“
- naqd pulsiz chet el valyutani konvertatsiya qilish (sotib olish/sotish);
- Internet Bank” va "Mobile24" masofadan bank xizmati ko‘rsatish tizimidan foydalangan holda hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
- individual xizmat ko‘rsatish va maslahat berish;
- kassa xizmati.
1-ILOVA Milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochish, unga xizmat koʻrsatish va yopish tartibi
2-ILOVA Xorijiy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochish, unga xizmat koʻrsatish va yopish tartibi
3-ILOVA “Internet Bank-Mijoz” tizimida xizmat koʻrsatish tartibi
4-ILOVA “Mobile 24” tizimida xizmat koʻrsatish tartibi
5-ILOVA E-POS terminali orqali UZCARD EMV plastik kartasi egalariga xizmat koʻrsatish tartibi
6-ILOVA “Info Servis” tizimida xizmat koʻrsatish tartibi”
7-ILOVA Plastik kartalarga ish haqi loyihasi bo'yicha xizmat koʻrsatish tartibi
8-ILOVA Mijoz tomonidan UZCARD EMV plastik kartasi saqlovchilariga xizmat koʻrsatish tartibi
9-ILOVA So'mdagi UZCARD EMV korporativ plastik kartasiga xizmat koʻrsatish tartibi
10-ILOVA Bankning valyuta pozitsiyasi hisobidan xorijiy valyutani xarid qilish va sotish tartibi
11-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida chet el valyutasini olidi-sotdi qilish bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi
12-ILOVA Visa Business korporativ kartasini chiqarish va unga xizmat ko'rsatish tartibi
13-ILOVA VISA kartalari saqlovchilariga xizmat ko'rsatish tartibi
14-ILOVA Internet orqali xalqaro to'lov tizimi kartalarida elektron tijorat xizmatlarini taqdim etish tartibi
15-ILOVA Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun “Visa Business Pay” korporativ plastik kartasini chiqarish va unga xizmat koʻrsatish tartibi
16-ILOVA KKM POS-terminalini (onlayn nazorat-kassa mashinasi) sotib oilish huquqi bilan ijara olish va unga xizmat koʻrsatish tartibi
18-ILOVA Bankning masofaviy xizmat ko’rsatish tizimi orqali bank omonatlarini ochish, ularga xizmat ko‘rsatish va yopish tartibi
19-ILOVA Bankning masofaviy xizmat ko’rsatish tizimi orqali bank omonatlarini ochish, ularga xizmat ko‘rsatish va yopish tartibi
Maslahat uchun so'rov qoldiring
