Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Asosiy kapitalga kreditlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, biznesni kengaytirish va h.lar uchun taqdim etiladi.  

Asosiy kapitalga kredit doirasida Siz quyidagilarni xarid qilishingiz mumkin:

  • turli maqsaddagi uskuna-jihozlar;
  • yuk avtotransporti;
  • yengil avtotransport;
  • turli maqsaddagi maxsus texnika;
  • ko'chmas mulk;
  • biznesda qo'llaniladigan boshqa asosiy vositalar.

Ilovadagi ma'lumot quyidagi ko'rinishda o'zgartirilsin:

KREDIT QIYMATI  potensial Qarzdorning moliyaviy ahvoli, uning biznesi hajmi va kreditni to'lash manbalariga bog'liq.
KREDIT VALUTASI – milliy yoki xorijiy valutada *
KREDIT MUDDATI – 36 oygacha.
FOIZ STAVKASI – kelishuvga ko'ra.
ENEJMENT UCHUN BIR MARTALIK KOMISSIYA – Bank tariflariga muvofiq.
KREDIT QIYMATINI TO'LASH – har oyda teng to'lovlar bilan yoki potensial Qarzdorning moliyaviy-xo'jalik faoliyati xususiyatlariga muvofiq individual reja belgilanadi
KREDITNI TO'LASH AMALGA OSHIRILMAYDIGAN IMTIYOZLI DAVR – 6 oygacha.
MUDDATIDAN OLDIN TO'LOV – bunga yo'l qo'yiladi, jarimalar va muddatidan oldin to'lov uchun komissiyalar undirilmaydi.
KREDIT BO'YICHA TA'MINOT – diskontni qo'llagan holda mulk garovi (shu jumladan, shaxsiy va uchinchi shaxslar – ham yuridik, ham jismoniy shaxslarniki) ta'minot vazifasini o'tashi mumkin **:
• ko'chmas mulk;
• avtotransport;
• depozitlar (milliy va/yoki xorijiy valyutada);
• maxsus texnika;
• uskuna-jihozlar;
• boshqa likvidli mulk.

Shuningdek, kredit bo'yicha ta'minot vazifasini O'zR qonunchiligida taqiqlanmagan ta'minotning boshqa turlari bajarishi mumkin.  
Aralash ta'minotga ham yo'l qo'yilishi mumkin. Kredit qiymatining kamida 125 foizi miqdoridagi ta'minot qabul qilinadi.
*  Xorijiy valyutadagi kreditlar faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun beriladi.
**Diskont – garov qiymatini aniqlash uchun mulkning bahosidan nisbat foizida arzonlashtiriogan narx. Diskont qiymati mulkning turi, uning bahosi va kredit muddatiga bog'liq.
Yuridik shaxs tashkil etmagan xususiy tadbirkor yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korxona;

Yurib turgan daromad keltirayotgan biznes bo‘lishi;
“Kapitalbank” OATBda asosiy va ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i bo‘lishi;
“Kapitalbank” OATB faoliyat yuritadigan mintaqada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va biznes yuritishi;
Ijobiy kredit tarixi bo‘lishi afzal ko‘riladi;
Ro‘yxatdan o‘tib,  faoliyat yuritishni boshlaganiga 12 oydan ko‘p muddat o‘tganligi afzal ko‘riladi;
Zarar ko‘rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega korxonalarga kredit berilmaydi.
• Kredit arizasi va hujjatlarni bankka ko'rib chiqishga bergunga qadar xarajatlar:
- Biznes rejani tuzib chiqish uchun konsalting tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar;
- Garov predmetini baholash uchun mustaqil baholash tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar.
Kreditni taqdim etish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilinganidan so'ng xarajatlar:
- Garov predmetini sug'urtalash uchun sug'urta tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar;
- Kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtirish bilan bog'liq  xarajatlar: vakolatli organlarning tariflariga muvofiq davlat bojini to'lash bo'yicha xarajatlar, hujjatlarni notarial tasdiqlatish uchun xarajatlar hamda boshqa hujjatlarin rasmiylashtirish uchun xarajatlar.

«KAPITALBANK» ATBda qanday qilib asosiy kapitalga kredit olish mumkin?

1-QADAM

Maslahatlar

Qayerda istiqomat qilishingizga qarab o'zingiz uchun qulay Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi kreditni olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxat bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo'yicha maslahatlar  va barcha savollaringizga javob beradi.

2-QADAM

Hujjatlarni to'plash va kredit uchun arizani rasmiylashtirish

Zarur hujjatlarning to'liq paketini to'plang. Uchrashuvda Bank mutaxassisi bilan kreditni olish uchun kredit arizasini to'ldiring va unga zarur hujjatlarning to'liq paketini bering. Bank mutaxassisi kredit arizasini ro'yxatga oladi va  Sizga kredit arizangiz ro'yxatdan o'tkazilganini, taqdim etilgan paket esa belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi ma'lumotnomani beradi.

3-QADAM

Bank tomonidan belgilangan tartibda kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish

Bankka Asosiy kapital uchun kredit arizasining barcha zarur hujjatlar paketi ilova qilingan holda kelib tushgan kundan boshlab Bank tomoindan kredit arizasi bo'yicha qabul qilingan qaror sanasi o'rtasidagi muddat O'zR qonunchiligida belgilangan muddatdan kechiktirilmaydi. Kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish muddati Siz taqdim etgan hujjatlar to'plamining to'liqligiga bog'liq. Bank mutaxassisiga ta'minot sifatida taklif etilayotgan korxona va mulkingizni ko'rsating.

4-QADAM

Kredit shartnomasini tuzish va ta'minotni rasmiylashtirish

Bank ijobiy qaror chiqargan holatda Siz kredit shartnomasini imzolaysiz va belgilangan tartibda kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtirasiz.

5-QADAM

Kreditni olish

Kredit alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan sizning to'lovlaringizni naqdsiz pul bilan o'tkazish orqali beriladi.

Bank mutaxassislari Sizga asosiy kapitalga kredit olish bilan bog'liq barcha qadamlarni amalga oshirishda yordam beradi.


Hisob-kitob

Har oylik to’lov:
... sum
Ortiqcha to’langan to’lovlar:
... sum
Talabnoma yuborish

Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitoblar taxminiy. Kredit bo’yicha yanada batafsil ma’lumot bank bo’limida taqdim etiladi.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech