Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Zamonaviy yechimlarning qaysi biri tejashga yordam beradi
24 Jun 2019

Monand tejash – bu xarajatlarni qisqartirish haqida qaror qabul qilinganidan boshlab hayotingizni qamrab oladigan yoʻqotishlar emas. Bu – aniq rejalashtirilgan strategiya boʻlib, mablagʻlarni oqilona sarf etish imkonini beradi. Uzoq muddatli istiqbolda toʻplangan mablagʻlar yirik xaridga, masalan sayohatga yoki yangi avtomobil xarid qilishga sarf etilishi mumkin.

Inglizlarda bir matal mavjud: “Tejalgan penni – ishlab topilgan penni”. Biz sizni soʻmlarni inflyatsiya tufayli allaqachon unutilgan tiyinlarga boʻlishga undamaymiz, balki, tejash masalasiga boshqacha nazar bilan qarash imkonini beruvchi bir nechta gʻoyalar taqdim etamiz.

Internet-doʻkonlarga ishonishni boshlang

1b561c536afdc7dfb557a.png

Zamonaviy internet-doʻkonlar – gʻoyat foydali vositadir. Ularni albatta oʻzlashtirib oling: anʼanaviy savdo shoxobchalaridan farqli ravishda ularga shaharning ommabop joylaridagi qimmatbaho xonalar talab etilmaydi, demak ularda narxlar ham odatda arzon boʻladi. Onlayn-xaridlar bozori hali rivojlanib bormoqda, shu munosabat bilan bunday doʻkonlar oʻzlarining Tarmoqdan tashqaridagi raqobatchilariga nisbatan koʻproq chegirmalar va aksiyalar haqida eʼlon qilgan holda mijozlarga nisbatan sodiqlik namoyon etishga harakat qiladi. Bundan tashqari, internet-doʻkonlar orqali siz hududiy jihatdan cheklanib qolmagansiz. Siz butun jahondagi eng yirik xizmatlardan foydalanishingiz mumkin boʻlib, ushbu xizmatlar orqali tovar jahonning qariyb har qanday nuqtasiga yetkazib beriladi. Import mahsulot xaridi bojxona bojlari va kompaniyaning logistika bilan bogʻliq xarajatlari mavjud boʻlmaganligi munosabati bilan arzonroq boʻlishi mumkin. Internetdan savdo vositasi sifatida foydalanishni boshlash uchun sizga elektron pochta va xalqaro plastik karta kerak boʻladi, xolos. Xalqaro plastik karta masalasi boʻyicha biz mamnuniyat bilan yordam beramiz: “Kapitalbank” uch turdagi VISA kartalarini taqdim etadi, ular haqidagi maqola blogimizda avvalroq eʼlon qilingan. Ular turli daromad va talablarga ega mijozlar uchun moʻljallangan boʻlib, oʻzingiz uchun munosib variantni tanlash juda oson.

Biznes sodiqligingiz uchun kurashmoqda – ushbu holatdan foydalanib qoling

aa38495fe1d6b5322c294.png

Nima boʻlsa ham, ishga layoqatni saqlab qolish va oʻz farovonligi ustida ishlashda davom etish uchun sifatli dam olish muhim jihat hisoblanadi. Dam olish koʻp xarajatli boʻlishi va haftalab davom etishi shart emas – muhimi, u sizga huzur-halovat, quvvat va gʻayrat baxsh etishi kerak.

Koʻp insonlar oʻz xobbisiga ega. Odatda unga sport, kompyuter oʻyinlari yoki sevimli musiqani tinglash kiradi. Bularning barchasi loyiha boʻyicha tezkor dedlayn hamda topshirilajak hisobot raqamlaridan chalgʻishning ajoyib usulidir. Shunday boʻlsa ham, oqilona fikrlash sizga ushbu holatda ham tejash imkonini beradi. Oʻylab koʻring, ehtimol ham trenajyorlar zalingiz, ham musiqa tinglash boʻyicha sevimli servisingiz siz uchun arzon boʻladigan uzoq muddatli obuna boʻyicha rejalar taklif etsa kerak. Steam kabi oʻyin platformalari koʻp hollarda ommabop oʻyinlarga chegirmalar taklif etadi, shu munosabat bilan relizning birinchi kunlarida xaridni amalga oshirishga shoshilmang – ehtimol, yaqin kunlarda u sizga arzonroq tushadi.

Agar siz restoranlarga oilaviy tashrif buyurish yoki oilaviy sayohat qilishni xonaki xobbilardan afzalroq deb bilsangiz, tegishli xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻzlarining doimiy mijozlariga qanday imtiyozlar taqdim etayotganligini oʻrganishingiz kerak. Bularga chegirmalar, diskont kartalari yoki agar siz samolyot orqali sayohat qilayotgan boʻlsangiz, bepul milyalar kirishi mumkin. Bunda premium toifadagi plastik kartalardan biridan foydalangan taqdirda koʻp hollarda bu kabi bonuslarga ega boʻlish mumkin: masalan, bizning VISA Gold kartasi saqlovchilariga hamkorlar chegirmalar va avtomobilni ijaraga olish yoki jahon boʻylab mehmonxonalar hamda aeroport xollarida bepul VIP-mehmon maqomi kabi xizmatlarning keng koʻlamini taqdim etadi.

Ixtiyoriy-majburiy choralar

0ff9085608b3fed4bcc54.png

Agar sizga, odatda, byudjetingizga sezilarli taʼsir etadigan katta xaridni ham rad etish qiyin boʻlsa, oʻzingizni jamgʻarmalaringizdan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilishga harakat qilib koʻring. Bunda yaqin doʻstingizga qarz berishingiz mumkin yoki bankda omonat ochishingiz mumkin: ushbu holatda jamgʻarmalaringiz nafaqat saqlab qolinadi, balki foizlarga foizlar qoʻshilib, toʻplanib ham boradi. Shuningdek, koʻplab depozit tariflarida mablagʻlar olti oydan bir yilgacha yechilmasligi nazarda tutilgan – ushbu holatda sizda puldan oqilona foydalanish haqida fikr yuritish uchun yetarlicha vaqt boʻladi. “Kapitalbank” omonatchilarga ham soʻm, ham valyuta rejalari boʻyicha keng tanlov taqdim etadi, bizning yiliga 21 foizlik taklifimiz esa Oʻzbekistonda eng foydali takliflardan biridir.

Mushtariylar tajribasi

Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan eʼlonda biz obunachilarimizga mablagʻlarni samarali tejash boʻyicha oʻz tajribalarini aytib berish yuzasidan murojaat etgan edik va ushbu materialdagi eng yaxshi variantlarni eʼlon qilishga vaʼda bergan edik. Shunday ekan, vaʼdamizni bajaramiz (mualliflarning imlo va tinish belgilari saqlab qolindi).

Kiyim-kechak, oyoq-kiyim, oʻyin qurilmasi yoki biror ikkinchi darajali buyum xarid qilishga qaror qilgan boʻlsangiz, yana 1 kun kutish kerak, agar xohish oʻtib ketmasa, xarid qilish kerak. Ushbu usul tasodifiy xaridlarning oldini olishga va byudjetni tejashga yordam beradi.

diskont kartalar – bir yilda sezilarli summa yigʻilib qoladi

Milliy valyutada onlayn omonatlar – mablagʻlarni inflyatsiya, shoping va gopingdan saqlash va jamgʻarib borish uchun ajoyib vosita. Qaysidir vaqtda ular hatto passiv daromad manbai, Oltin ohu boʻlishi mumkin. Milliy valyutadagi omonatlar undan-da yaxshi. Jahon boʻyicha izlab koʻring-chi, bunday foizlar beradigan banklar koʻpmikan?

Super marketda savat olmayman. Faqat roppa-rosa rejalashtirilgan xaridlarga moʻljallangan pul olaman. Biroq, uydan chiqmaslik koʻproq yordam beradi.

Umuman olganda, men koʻp hollarda AliEkspressda xarid qilaman va letishopsdagi keshbekdan foydalanaman. Chamasi 10tacha xaridlarda men 10$ tejadim, bu juda zoʻr!

Xulosa

Tejash qiyin emas. Buni savodli va ortiqcha mutaassibliksiz amalga oshirish qiyin – biroq, aynan masalaga shunday yondashish hayot darajasiga ijobiy taʼsir etishi mumkin. “Kapitalbank” xizmatlari har bir insonga yordam bera oladi, chunki maʼlumki, pul hisobni yoqtiradi, bu ishdagi bizning tajribamizga esa mamlakat boʻylab minglab mijozlar ishonadi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1341

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech