Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
24 Apr 2024
24 aprel kuni HRD hamjamiyatining yig'ilishi bo'lib o'tdi, mazkur yig`ilish inson resurslarini boshqarish sohasidagi mutaxassislar o'rtasida tajriba va bilim almashish uchun platformaga aylandi. Yig’ilish yaqinda ishga tushirilgan Kapitalbank Akademiyasida bo’lib o’tdi.

Сайт_ 700x500 px Ru-2.png

Tadbirda O‘zbekistonning Uzum ecotizim, Korzinka.uz, Makro, Beeline, Texnomart kabi yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda boshqa banklarning xodimlari qatnashdilar.

Сайт_ 700x500 px Ru-3.png

— Bugun biz nafaqat Kapitalbank xodimlarini o‘qitish, balki O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalarning HR direktorlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish va tajriba almashish uchun networking yaratish imkoniga ega bo‘lganimizdan xursandmiz. HR direktorlarining rolini ortiqcha baholab bo'lmaydi, chunki ular rahbariyat va xodimlar o'rtasidagi bo'g'in bo'lib, yaxlit jamoani shakllantirishga, korporativ madaniyatni rivojlantirishga va umumiy maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishga hissa qo'shadi, — deydi ATB “Kapitalbank” boshqaruv aʼzosi, kadrlar siyosati departamenti direktori Oksana Lindina. — Bizning uchrashuvimiz professional hamjamiyatni rivojlantirish va ishtirokchilar o‘rtasida yangi aloqalar o‘rnatishda muhim qadam bo‘ldi va biz bunday uchrashuvlar Kapitalbank Akademiyasida muntazam bo‘lib turishiga umid qilamiz.

Сайт_ 700x500 px Ru (2).png

Yig‘ilishning asosiy mavzulari kadrlar tizimini raqamlashtirish, inson resurslarini boshqarish sohasidagi asosiy tendentsiyalar, kompaniya bosh direktorlari bilan HRning o‘zaro aloqasi va boshqa mavzular bo‘ldi. Tadbirda ATB “Kapitalbank” kadrlar siyosati departamenti direktori va Boshqaruv a’zosi Oksana Lindina va “Uzum Tezkor”ning kadrlar bo‘yicha direktori Vera Dianova ma’ruza qildilar.

Panel muhokamasi ekspertlari bo’lib Roman Mazur (Mountain Ridge bosh direktori), Zinaida Staruxina (HRD ekotizim Uzum), Nargisa Baymirzaeva (ISHONCH Transformatsiya loyihalari direktori), Anastasiya Xrisanfova (UpScale11 boshqaruvchi hamkori), Anna Parshina (UpScale11 boshqaruvchi hamkori) qatnashdilar.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 158

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech