Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Dunyodagi eng mashhur plastik kartadan foydalanishning afzalliklari va qoidalari haqida yig'ma material.
15 May 2019

VISA kartalari toʻgʻrisida

Jahonda eng mashhur plastik karta afzalliklari va undan foydalanish qoidalari toʻgʻrisida yigʻma material.

Muqaddima

Naqd pulsiz hisob-kitoblar kundalik hayotimizda yanada chuqurroq oʻrin egallab kelmoqda. Bizning mintaqamizda ushbu jarayon turli sabablarga koʻra u qadar jadal emas. Shunday boʻlsa-da, hatto mahalliy bozorlarda ham hozir UzCard terminallariga ega savdogarlarni koʻrish mumkin. Bungday odamlar taraqqiyotni oldinga qarab harakatlantiradi.

Qoʻllash doirasi

Aslida, bugun kartangizni qayerda qabul qilish yoki qilmaslik haqida soʻz yuritish oson emas – ulardan barcha yerda foydalanib kelinmoqda. Milliy toʻlov tizimi asosidagi plastik karta orqali metroda yoʻl kira haqini toʻlash yoki bozorda bir bogʻ koʻkat uchun haq toʻlash mumkin. VISA kabi jahonda eʼtirof etilgan operatorlar haqida gap ketganda, ular bilan asosan xorijiy doʻkon va butiklar, yirik mehmonxonalar, shuningdek qimmat va koʻproq chet elliklarga moʻljallangan restoranlar “doʻstona munosabatda boʻladi”. Mahalliy xizmatlardan Oʻzbekiston Havo Yoʻllarida aviachiptalar xaridini qayd etish mumkin boʻlib, uni siz VISA bilan amalga oshirishingiz mumkin.

Bunda kartasiz muomala qilib boʻlmaydigan joylarni muhokama qilish koʻproq ahamiyatga ega. Bunday joylarga asosan masofadan turib amalga oshiriladigan savdo sohalari, yaʼni onlayn-xaridlar, elektron xizmatlarga obunalar va boshqalar kiradi. Biroq, bundan qiziq misollar ham mavjud. Masalan, VISA kartasi bilan siz ezgu ishlarga oʻz hissangizni qoʻshish imkoniyatiga ega boʻlasiz: sizga sayyoramizdagi eng yirik xayriya jamgʻarmalari yoki WikiMedia kabi ijtimoiy foydali onlayn-loyihalar bilan aloqa qilish yoʻllari ochib beriladi.

VISA kartalari oʻrtasidagi farq

VISA oʻntadan koʻp karta variantlarini oʻz ichiga oladi. Eng mashhur variantlaridan biri debet kartalari hisoblanadi – bu qoʻshimcha kredit xizmatlarisiz qogʻoz pullar funksiyalarini takrorlovchi oddiy va shaffof yechimdir. Bizning bankimiz mijozlariga bunday kartalarning uch turini taklif etadi: boshlangʻich VISA Electron, standart VISA Classic va maqomga oid VISA Gold. Endi har biri toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz.

VISA Electron — debet lineykasidagi eng oddiy kartalardan biri. U internetda toʻlov vositasi sifatida MDH hududida mashhurdir, chunki unda qoʻshimcha funksiyalar nazarda tutilmagan boʻlib, tegishlicha xizmati arzonroq boʻladi. VISA Electron bilan ham naqd pulni olib chiqib ketish mumkin boʻlsa ham, u nazoratning yuqori darajasi sababli koʻproq nolga teng yoki cheklangan bank tarixiga ega mijozlarga beriladi. Bu internet tarmogʻi orqali xaridlarni amalga oshiruvchi va hozircha chet elga ketishni rejalashtirmagan shaxslar uchun aʼlo variantdir.

VISA Classic — foydalinish mumkin boʻlgan koʻplab xizmatlarga ega optimal karta. Undan ham tarmoqda, ham terminallarda haq toʻlashda va bankomatlarda operatsiyalar bajarishda foydalanish mumkin. Shuningek, ushbu kartadan boshlab hamkorlardan kafe va restoranlarda chegirmalar, keshbeklar yoki mehmonxonada xona bronlashtirish kabi yanada koʻproq takliflar beriladi. VISA Classic, ehtimol, plastik kartalar ishlash tamoyillari bilan tanish va kamdan kam safarlar, masalan xizmat safarini rejalashtiruvchi koʻpchilik uchun eng maqbul variant boʻlsa kerak. Shu bilan birga bankimiz endigina ochilgan VISA Classicni bepul yetkazib beradi; buni amalga oshirish uchun siz filiallarimiz birida kartani roʻyxatdan oʻtkazishda tegishli manzilni koʻrsatib oʻtishingiz lozim.

VISA Gold xizmat darajasiga urgʻu beriladigan karta sifatida ifodalanadi. Uning yillik xizmat koʻrsatish haqi qimmatroq boʻladi, biroq butun dunyo boʻyicha uning saqlovchisiga nisbatan yuqori loyallik koʻpchilikka maʼqul qeladi. Bundan tashqari, VISA Gold yuridik masalalar boʻyicha xalqaro qoʻllab-quvvatlash va tibbiy sugʻurta kabi eksklyuziv xizmatlarga ega. Bu xorijiy hamkorlar bilan faol ish olib borayotgan va tez-tez sayohat qilib turadigan fuqarolar uchun aʼlo variantdir.

Agar siz oʻzingiz uchun yangi VISA Card olmoqchi boʻlsangiz va tanlashda bir toʻxtamga kela olmayotgan boʻlsangiz, siz har qanday vaqtda bankimizning koll-markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz, biz bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bogʻlanishingiz yoki shaxsan tashrif buyurishingiz mumkin. Mutaxassislar sizga ajoyib tarzda toʻgʻri keladigan yechimni tanlashga yordam beradilar.

Xavfsizlik choralari va kartadan foydalanish madaniyati

Eng oddiy savdo munosabatlari yuzaga kelgan vaqtdan boshlab puldan foydalanishga oid qonunlar va nooshkor qoidalar paydo boʻla boshladi. Hozirgi kunlarda naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanish texnologiyalar va zamonaviy jahon tendensiyalari joriy etilgan holda tarixiy shakllangan pul munosabatlariga taqlid qiladi.

Karta bilan ishlashda biz xavfsizlikni birinchi oʻringa qoʻyishni tavsiya etamiz. Asosiy qoida quyidagi mazmunga ega: agar siz oz boʻlsa ham bankomatdan, ortingizda navbatda turgan odamlardan yoki unchalik taniq boʻlmagan internet-doʻkondan shubhalansangiz, karta bilan har qanday operatsiyalarni bajarishni rad eting.

Karta yoʻqolishi undagi mablagʻlar yoʻqolishiga sabab boʻlmasligidan qatʼi nazar, uni naqd pulni asraganingizdek asrang. Uni qarovsiz qoldirmang va u toʻgʻrisida karta raqami, uning amal qilish muddati yoki CVC-kodi kabi hatto bank xodimlariga ham hech qanday maʼlumot bermang. Eʼtibor bering, biz faqatgina ismingizni, kartaning oxirgi toʻrtta raqamini va telefoningiz raqamini soʻrashimiz mumkin. Agar sizdan yana biror narsa talab etishayotgan boʻlsa, ehtiyot boʻling, siz oʻzini bank vakillari deb koʻrsatayotgan firibgarlar bilan aloqa qilmoqdasiz.

Maʼlumot maxfiyligi toʻgʻrisida yana ikki ogʻiz soʻz. Kartangizni suratga tushirmang va undagi maʼlumotlarni yon daftarchalar yoki boshqa qogʻoz tashuvchilariga yozmang. Moslamangizga virus tushgan holda kartadan firibgarlar foydalanib qolishi mumkin, qogʻoz varagʻi esa oʻgʻirlab olinishi mumkin.

Internetda hisob-kitob amala oshirishda 3D Secure dan foydalaning. Bu - "Verified by Visa” texnologiyasi boʻlib, u sizning tarmoqdagi xaridlaringizni mumkin qadar xavfsizlantiradi. Uning mohiyati shundaki, PIN-kod bilan birga bank tomonidan tuziladigan va karta saqlovchisi raqamiga SMS-xabar sifatida keladigan bir martalik parol kiritish kerak. 3D Secure SMS-xabarnomani faollashtirgan barcha “Kapitalbank” ATB VISA kartalari saqlovchilariga avtomat tarzda ulab beriladi. 3D Secure toʻgʻrisida batafsil bizning saytimizda tanishishingiz mumkin.

Xorijda, ayrim mamlakatlarda skimming apparati kabi firibgarlik moslamasi ommabop tusga ega. U bankomat ustiga qoʻyiladigan ashyo boʻlib, uning tashqi koʻrinishini toʻliq takrorlaydi. Uning maqsadi siz kiritayotgan kartangiz PIN-kodini oʻqib olishdan iborat. Skimming moslamasi oddiy foydalanuvchi nazari ilmaydigan moslama hisoblanadi, biroq, biz ber necha tavsiyalar berishimiz mumkin.Faqat yirik savdo markazlari, bank ofislari va mehmonxonalar xollaridagi bankomatlardan foydalaning – jinoyatchilar ushbu bankomatlarni qoʻlga kirita olmaydi.
Imzo qoʻyishdan avval sizga beriladigan cheklarni tekshiring. Bunday xatti-harakatlar bizga notanish boʻlsa ham, bu VISA kartalaridan foydalanishda standart tartibotdir – hech kim sizning xatti-harakatlaringizni noloyiq yoki sinchkov deb oʻylamaydi.

Shuningdek, kartangizni qarindoshlaringiz yoki doʻstlaringizga bermaslikka harakat qiling. Ular siz javobgar boʻlgan kartadan foydalanish boʻyicha xavfsizlik choralarini buzishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim savdo shoxobchalari karta orqali toʻlovni boshqa shaxsdan qabul qilmasligi mumkin. Buning oʻrniga qoʻshimcha karta ochib qoʻying: u ham sizning hisob raqamingizga bogʻlanadi, biroq, ushbu karta orqali shaxsiy maʼlumotdan foydalanish (masalan, xarajatlar tarixi) imkoniyati boʻlmaydi.

Karta oʻzga shaxsda boʻlib qolsa yoki yoʻqolib qolsa, bank bilan mumkin qadar tez bogʻlaning – biz hisob raqamingizni vaqtincha bloklab qoʻyamiz va hech kim mablagʻlaringizdan foydalana olmaydi. Soʻngra yangi kartaga talabnoma qoldiring va xavf-xatar ortda qoldi, deb hisoblashingiz ham mumkin.

Barcha joylarda plastik kartalar tarqatilishi bilan bogʻliq qiziq holat: restoran xodimlariga, resepshnda yoki yoqilgʻi quyish shoxobchasida beriladigan choy puli yuzasidan nimalarni amalga oshirish mumkin? Ayrim mamlakatlarda ushbu holat boʻyicha oʻziga xos qoidalar qabul qilingan, biroq mohiyati har yerda yagona: siz kartadan hisobdan tashqari ofitsiant uchun beriladigan choy pulini yechib qolishni soʻrashingiz mumkin va ushbu choy puli albatta unga beriladi.

Rezyume

VISA kamida yarim asr avval butun sayyora boʻylab naqd pulsiz hisob-kitoblar sinonimiga aylandi. U qogʻoz puldan, shu jumladan valyutadan foydalinishga nisbatan jiddiy afzalliklarni taklif etadi. Agar undan savodli va barcha xavfsizlik normalariga rioya etgan holda foydalanilsa, “Kapitalbank” ATBdan VISA toʻlov masalalarida sizning ishonchli hamrohingiz boʻladi va sizning zamonaviy tendensiyalarga tarafdor ekanligingizni qayd etadi.

VISA kartasini ochish



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 4848

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech