Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank premium xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi Privilege markazini ochdi
25 Jun 2026

Toshkent shahrida premium xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Kapitalbank Privilege markazining (PXKM) ikkinchi filiali rasman ochildi. Yangi ofis allaqachon Kapital Premium va Kapitalbank Privilege premium xizmat paketlari egalari uchun xizmat ko‘rsatishni boshladi.

sayt 4 (4).jpg

Markaz konsepsiyasi mijozlar uchun maksimal qulaylik yaratishga qaratilgan. Maskan shunday loyihalashtirilganki, har bir tashrif sokin va estetik muhitda o‘tadi, moliyaviy masalalar esa shaxsiy menejer ko‘magida tez va qulay hal etiladi.

sayt 5 (4).jpg

Yangi markazning asosiy afzalliklari:

  • Qulay joylashuv. Zamonaviy ofis shahar markazida joylashgan bo‘lib, aeroportga borish va qaytish uchun qulay transport yo‘nalishlariga ega.
  • Maxfiylik. Uchrashuvlar, muzokaralar va moliyaviy maslahatlar uchun to‘liq maxfiylikni ta’minlaydigan alohida qulay zonalar tashkil etilgan.
  • Shaxsiy hamrohlik. Har bir mijozga moliyaviy va tashkiliy masalalarni tezkor hal qilishda yordam berishga tayyor bo‘lgan shaxsiy menejer biriktiriladi.
  • Eksklyuziv xizmat ko‘rsatish formati. Markaz Kapital Premium va Kapitalbank Privilege premium xizmat paketlari egalari uchun kompleks xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan.
sayt 3 (4).jpg

“Premium yo‘nalishini rivojlantirish Kapitalbankning strategik ustuvor vazifalaridan biridir. Biz mijozlarimiz uchun shaxsiy xizmatlarni yanada qulayroq qilish maqsadida premium xizmat ko‘rsatish markazlari tarmog‘ini izchil kengaytirmoqdamiz. Shu bilan birga, biz uchun nafaqat yangi ofislar ochish, balki yuqori xizmat sifati, individual yondashuv va mijoz vaqtini hurmat qilish kabi har bir tashrifning ajralmas qismiga aylanadigan muhit yaratish ham muhimdir”, — deya ta’kidladi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

sayt 2 (2).jpg

Bugungi kunda Kapitalbank Privilege bu shunchaki premium bank xizmati emas. Brend zamonaviy moliyaviy yechimlar, lifestyle imtiyozlar va shaxsiy yondashuvni birlashtirib, qulaylik, sifatli xizmat va o‘z vaqtini qadrlaydigan mijozlar uchun yaxlit ekotizimni shakllantirmoqda.

sayt 8.jpg

Mijozlarga bo‘lgan afzalliklar qatoriga sayohatlar uchun kengaytirilgan imkoniyatlarga ega eksklyuziv multivalyuta kartalari ham kiradi. Ular dunyo bo‘ylab aeroportlarning biznes-zallariga kirish, Fast Track xizmati, sug‘urta, shaxsiy xizmat (konsyerj-servis) va boshqa qator imtiyozlarni taqdim etadi. Kapitalbank Privilege xizmatlar paketi haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

sayt 7 (4).jpg

Yangi Kapitalbank Privilege premium xizmat ko‘rsatish markazi allaqachon odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda va quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 31-uy, NRG OYBEK turar-joy majmuasi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 60
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech