Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbankdan biznes uchun 3 oylik bepul xizmat va hisobdagi qoldiqqa 7% gacha to’lov
1 Nov 2023
Kapitalbankdan kichik, o‘rta va yirik biznes uchun maxsus taklif: 3 oyga bepul kassa hisob-kitob xizmatlari va bank orqali xizmat ko‘rsatishning butun muddati davomida hisobvaraqdagi qoldiqqa 7% gacha to‘lovlar bilan omonat turi. Taklifdan foydalanish uchun bankning istalgan bo‘limida hisob raqamini ochishingiz kerak.

— Biznes uchun qulay bank xizmatlari – bu, birinchi navbatda, vaqt va resurslarni tejash, rivojlanish imkoniyatidir, — deya ta’kidlaydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Leonidovich Mayevskiy. — Biz xoh kichik biznes, xoh yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yirik kompaniyalar bo’lsin, barcha mijozlarimiz uchun qulay bo'lgan xizmat turlarini yaratishga intilamiz.

Taklif cheksiz miqdordagi hisoblarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, boshqa banklarga barcha debet operatsiyalari taklif muddati uchun 0,1% komissiya to’lovi bilan o’kaziladi, hisobvaraqdan kartaga pul o'tkazish uchun esa komissiya to’lovi 0,5% ni tashkil qiladi.

Taklif 2023 yil 31 dekabrgacha amal qiladi. Batafsil ma’lumotlarni business.kapitalbank.uz sayti yoki +998(78)148-11-22 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 4442

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech