Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ogoh bo‘ling: bank nomidan ochilgan soxta Telegram-kanallar
24 Apr 2025
Hurmatli mijozlar, so‘nggi vaqtlarda firibgarlar tomonidan bankning rasmiy sahifalariga o‘xshatib, soxta Telegram-kanallarni ochish holatlari ko‘paymoqda. Ushbu kanallar orqali shaxsiy ma’lumotlaringiz va moliyaviy mablag‘laringizni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinish holatlari kuzatilmoqda.

Soxta kanallarning belgilariga quyidagilar kiradi:
  • Bank logotipi va nomiga o‘xshashlik;
  • “Bonus”, “keshbek” yoki “tezkor to‘lov” va’dalari;
  • *.apk formatidagi zararli havola va fayllarni muhim ma’lumot sifatida tarqatish.
Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar:
  • Ilovalarni faqat rasmiy manbalardan (Google Play, App Store) yuklab oling;
  • Shubhali fayllarni ochmang va noma’lum havolalarga o‘tishdan saqlaning;
  • Messendjerlarda ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqing;
  • Aktsiyalar va bonuslar haqidagi ma’lumotlarni faqat bankning rasmiy veb-saytida tekshiring.
Agar sizda internetdagi manba orqali olingan ma’lumotlar bo‘yicha shubha yoki savollar yuzaga kelsa, 1340 raqami orqali bank bilan bog‘laning.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 514

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech