
Markaziy bank boshqaruvining joriy yil 25-iyuldagi qaroriga asosan asosiy foiz stavka 0.5 foiz bandga pasaytirilib, yillik 13,5 foiz darajasiga belgillanganligi munosabati bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurs mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari foiz stavkasi Qonunchilik hujjatlari va shartnoma shartlariga asosan 2024-yil 26-iyuldan qayta belgilanishini ma'lum qilamiz. Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurs mablag'lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari shartnomalariga qo'shimcha kelishuv tuzib, foiz stavkasini qayta belgilash uchun, kredit rasmiylashtirilgan filialga murojaat qilishingizni so'raymiz
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
787