Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Avtokredit olishda firibgarlardan ehtiyot bo'ling
16 Jun 2021
So'nggi paytlarda yangi "UzAuto Motors" avtomobillariga avtokredit olishda o'zlarining "yordamlarini" taklif qilayotgan vositachilik kompaniyalari ustidan shikoyatlar tez-tez uchramoqda. Vositachilar o'z xizmatlarini bir necha million so'mga baholamoqda.

"Yangi mashina uchun avtokredit olishda yordam beraman" - bunday e'lonlarni bugun Internetda tez-tez uchratish mumkin.  Vositachilik tashkilotlari mijozlarni qulay foiz stavkalari bilan jalb qilishadi, ammo aslida, xaridor bankdan kredit oladi, lekin shu bilan birga "yordam"i uchun vositachi kompaniyaga ma'lum miqdorda pul ham to'laydi.

"Kapitalbank" ATB yangi "UzAuto Motors" avtomobillar uchun kreditlar  to'g'ridan-to'g'ri xaridorga bank va ishlab chiqaruvchining qo'shma dasturi doirasida, hech qanday vositachi tashkilotlarning ishtirokisiz berilishini ta'kidladi. Begona kompaniyalarning qarz oluvchining daromadlari yetarli bo'lmagan taqdirda ham "muammoni hal qilish" haqidagi barcha va'dalari yolg'on.  Banklar qarz oluvchilarning daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri Davlat soliq qo'mitasining ma'lumotlar bazasidan so'raydilar.

Avtosalondan yangi avtomobil sotib olish uchun kreditni faqat bankka shaxsan murojaat qilish orqali olish mumkin. "Kapitalbank" da avtokreditni rasmiylashtirish maksimal darajada soddalashtirilgan va ko'p vaqtni talab qilmaydi.

Ogoh bo'ling!
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2722

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech