
Hurmatli bank mijozlari! 2023 yil 01 - maydan boshlab “Har kuni foizlar hisob raqamga” (onlain) va “Visa da har kuni foizlar (offline) nomli milliy valyutada yangi muddatli omonatlar joriy etilishini ma’lum qilamiz.
- “Har kuni foizlar hisob raqamga” muddatli omonati
- Dastlabki toʻlovning eng kam summasi - 1 000 000 so‘m;
- Omonat muddati - 25 oy;
- Omonat Bankning mobil ilovasi otqali onlayn tarzda kiritilishi mumkin;
- Foiz stavkasi: - (O'zR Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi + 6%) yillik;
- Foizlar har kuni omonat valyutasida mijozning talab qilib olinguncha hisob raqamiga to‘lanadi (20206%).
- Omonatni to'ldirish - nazarda tutilgan;
- Omonatni qisman yechib olish - nazarda tutilgan. Bu holda omonatdagi qoldiqning minimal summasi 10 000 000 so‘m bo‘lishi kerak;
- Muddatdan avval qaytarib olish - ruxsat beriladi. Omonat muddatidan avval talab qilingan taqdirda, to'langan foizlarni qayta hisoblash amalga oshirilmaydi;
- Omonatning asosiy summasi omonat valyutasida omonatchining hisobvarag'iga o'tkazish yo'li bilan to'lanadi.
- «Visa da har kuni foizlar» (offline) muddatli omonati
- Dastlabki toʻlovning eng kam summasi - 1 000 000 so‘m;
- Omonat muddati - 25 oy;
- Omonatni naqd pulda (filialda) Bankka qo'yish mumkin;
- Omonat Bankka onlayn tarzda kiritilishi mumkin;Foiz stavkasi: - (O'zR Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi + 6%) yillik;
- Foizlar har kuni omonat valyutasida naqd pulda yoki omonatchining bank karta hisobvarag’iga (omonatchining istagiga binoan) to‘lanadi.
- Omonatni to'ldirish - nazarda tutilgan;
- Omonatni qisman yechib olish - nazarda tutilgan. Bu holda omonatdagi qoldiqning minimal summasi 10 000 000 so‘m bo‘lishi kerak;
- Muddatdan avval qaytarib olish - ruxsat beriladi. Omonat muddatidan avval talab qilingan taqdirda, to'langan foizlarni qayta hisoblash amalga oshirilmaydi;
- Omonatning asosiy summasini to‘lash omonatchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan omonat valyutasida amalga oshiriladi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
3649