
Visa Kapitalbank kartalari egalarida O‘zbekiston terma jamoasining Abu-Dabidagi o‘yiniga yo‘llanmani yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari uchun sanoqli soatlar qoldi. Kapitalbank Visa AFC 2026 sport aksiyasining ikkinchi bosqichi 22-may oxirigacha davom etadi va 24-may kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda sovrinlar o‘yini o‘tkaziladi.
O‘yin g‘olibi Birlashgan Arab Amirliklariga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. U yerda 5-iyun kuni Abu-Dabidagi "Al-Nahayan" stadionida FIFA 2026 saralash bosqichi doirasida BAA - O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini bo‘lib o‘tadi. Yo‘llanmaga parvoz, mehmonxonada yashash va ikkita o‘yin chiptasi kiradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy jamoasining qatarlik raqiblariga qarshi uy o‘yini uchun 10 ta chipta o‘ynaladi. Bu o‘yin 10-iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanish uchun 22-may oxirigacha jismoniy shaxs nomiga chiqarilgan istalgan Visa Kapitalbank kartasi bilan 200 000 so‘m yoki 20 AQSH dollari miqdoridagi tovarlar yoki xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish kifoya. Ishtirok etish avtomatik tarzda amalga oshiriladi - buning uchun hech qanday ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Bitta ishtirokchi faqat bitta sovrin olishi mumkin, ammo aksiya shartlariga ko‘ra karta orqali har bir yangi to‘lov g‘olib bo‘lish imkoniyatini oshiradi.
G‘oliblar 24-may kuni tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. Yutuqli o‘yin 19:00 da Magic City ko‘ngilochar bog‘ida (Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 174-uy) boshlanadi va Kapitalbank Telegram kanali hamda Instagram sahifasida jonli efirda namoyish etiladi.