Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Visa Infinite karta egalari uchun yangilangan shartlar
6 Feb 2024

Toshkent Xalqaro Aeroportining CIP kutish zalining bepul xizmatlaridan foydalanish uchun, 2024 yil 15 yanvardan Visa Infinity karta egalari oyiga kamida bir marta 1 $ yoki uning ekvivalentidagi har qanday valyutada tovar va xizmatlarni xarid qilishlari lozim bo’ladi. Masalan, karta egasi CIP kutish xonasiga birinchi fevral kuni tashrif buyurdi. Bunda,28 dekabrdan 26 yanvargacha bo’lgan tovar va xizmatlarni to’lash bo’yicha xarajatlar xisobga olinadi. 27 yanvardan 1 fevralgacha bo’lgan operatsiyalar xisobga olinmaydi.

Visa Infinity karta egalari Toshkent Xalqaro Aeroportining CIP-kutish xonasi xizmatlaridan yiliga 6 marta bepul foydalanishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o’tamiz.

Imtiyozdan qanday foydalansa bo’ladi:

  1. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” Xalqaro Aeroportining CIP kutish zalining ustuniga boring.
  2. Xodimga o’zingizning Visa Infinite premial kartangizni taqdim eting va xizmatdan foydalanish istagingizni ayting.
  3. Karta taqdim etilgandan so’ng validatsion terminal orqali bepul o’tish imkoniyati mavdudigi tekshib beriladi. Agar karta aktiv xolatda bo’lsa va bepul o’tish imkoniyati mavjud bo’lsa, mas’ul xodim xizmatni bepul taqdim etadi.

Usbu taklif Oz’bekiston Respublikasi xududi ichidagi banklar tomonidan chiqarilgan hamda faol foydalanish tarixiga egan bo’lgan va foydalanish muddati tugamagan Visa Infinite karta egalariga taqdim etilishi mumkin.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 594

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech