Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Nima uchun omonatlar amalga oshirishdan qo’rqmaslik kerak?
22 Feb 2019
"Men pul uchun ishlamayman! Pul men uchun ishlaydi!"

© Robert Kiyosaki. "Boy ota, kambag’al ota"

Moliyaviy savod toʻgʻrisidagi har bir kitob bizni tejamkor boʻlishga va pulni oqilona sarf etishga oʻrgatadi. Har bir bunday kitobning negiziga quyidagi asosiy qoidalardan iborat asos solingan.
  • Byudjetni savodli taqsimlash
  • Oqilona tejamkorlik
  • Shaxsiy daromadni oshirish
Bizga iqtisodiyotning maktabdagi dasturidan maʼlumki, daromadning ikki turi - aktiv va passiv daromad mavjud. Aktiv daromad deganda ushbu daromad koʻpayishi uchun muntazam ravishda ishlash tushuniladi, passiv daromad esa - sizning ishtirokingizni talab etmaydigan va “fon rejimida” ishlaydigan daromaddir. Bugun biz passiv daromad haqida, ya’ni bank omonatlari to’g’risida to’xtalib o’tamiz.

“Bank omonatlari” nimalarni anglatadi?

Vikipediyaga ko’ra: "Bank omonati (yoki bank depoziti) — shaxs tomonidan omonat bilan moliyaviy operatsiyalar amalga oshirish davomida yuzaga keladigan dividendlar tarzida daromad olish maqsadidakredit tashkilotida berilgan pul summasidir".

Oddiy qilib aytganda, bu - siz bankka muayyan muddatga topshiradigan pul boʻlib, ushbu muddat tugashi bilan bank sizga pulingizni qaytaradi, shuningdek siz omonat tarzida qoʻygan summangizdan kelib chiqqan foizlar bilan taqdirlaydi.

Bank omonatlari passiv daromadning boshqa turlaridan nimalar bilan farq qiladi?

Omonatlar shunisi bilan afzalki, ular mablagʻingiz yoʻqolishi bilan bogʻliq har qanday tavakkalchiliklarni bartaraf etadi, yaʼni siz bank omonatini amalga oshirib, omonat muddati oxirida bank aytgan summani olishga ishonch hosil qilasiz.

Shunday afsona borki, unga ko’ra...

"Agar bank bilan biror kor-hol ro’y bersa, u pulni qaytara olmaydi".

Afsuski, bu juda keng tarqalgan noto’g’ri tushunchadir. Banklar bunday holatlardan doim sug’urtalangan bo’lib, muddatli va muddatidan oldin omonatlarni to’lash imkonini beruvchi ta’minlangan zaxiralarga ega.

Bunda maxsus "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash davlat fondi", mavjud bo’lib, u har qanday fors-major holatida pulingiz saqlanishini va talabingizga ko’ra pulingiz qaytarilishini kafolatlaydi.

Omonatlar qanday ishlaydi?

Keling, buni oddiy misolda ko’rib chiqamiz.

Aytaylik, siz "Onlayn 21%” tarifi bilan yiliga 21 foiz evaziga 10.000.000 so’m miqdorida omonatni amalga oshirdingiz, ushbu mablag’ bankka kelib tushadi. So’ngra, bank pulingizni “Yengil kredit” tarifi bo’yicha kredit olish uchun murojaat etgan shaxslarga 33 foizlik stavka bilan beradi.

Banklar kreditlarni omonatlardan farqli ravishda yuqoriroq foizlar bilan beradi hamda foizlardafi ushbu farq orqali pul ishlab topadi.

So’ngra qarz oluvchi (bankdan kredit olgan shaxs) pulni foizlar bilan qaytaradi. Bank ushbu pul mablag’larini qabul qiladi, o’z foydasini chegirib tashlaydi va sizga 21 foiz qo’shilgan holda pulingizni qaytaradi. Bizning holatimizda esa, 10.000.000 so’m qo’yildi va 12 oydan so’ng biz taxminan 12.105.753 so’m olamiz

5dbf9066d23409bedef09.png

Omonatning eng taniqli miqdori va uning hisob-kitobi.


Mijozlar fikr-mulohazalari

Biz mijozlarga Kapitalbank xizmati ularni qay darajada qoniqtirishi yuzasidan savol bilan tez-tez murojaat etamiz va ularning milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalari keltirib oʻtamiz:

"Men shuni oʻz misolimda anglab yetdimki, biz bankka omonat qoʻyib, beixtiyor ushbu mablagʻlardan foydalana olmaymiz, ular kartamizda saqlangani afzalroq, deb oʻylaymiz. Biroq, bankka omonat qoʻyish mablagʻlarimizni sarflanib ketmaslikka (agar siz ularni yigʻmoqchi boʻlsangiz) yordam beradi va mablagʻlar siz uchun ishlaydi."

“Kapital24 mobil ilovasi orqali tez va qulay ravishda omonat ochdim. Ilovani yuklab oldim, kartani bog’ladim, omonat ochdim. Uydan hech joyga borish ham shart bo’lmadi!”

“Eng xavfsiz moliyaviy qo’yilma, mening faol ishtirokimni talab etmaydi va doim daromadimni ko’paytirib boradi.

"Omonat muddati tugaganda menda omonatdan pulni yechib olish yoki uni boshqa tariflar orqali omonat tarzida kiritish va mablag’ni jamg’arib borishni tanlash imkoniyati bo’ldi."
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5531
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech