Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Moody’s "Ijobiy" prognozi bilan Kapitalbank reytingini B1 darajasiga ko‘tardi
25 Jul 2025

Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi (keyingi o‘rinlarda - Moody’s) "Kapitalbank"ning milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari bo‘yicha uzoq muddatli reytinglarni B1 darajasiga ko‘tardi, reyting prognozi "Ijobiy." Bundan tashqari, Bankning bazaviy kredit bahosi (BCA) b1 darajasiga, mahalliy va xorijiy valyutadagi kontragentlarning uzoq muddatli risk reytingi (CRRs) Ba3 darajasiga va kontragentlarning uzoq muddatli risk bahosi (CR Assessment) Ba3 (cr) darajasiga ko‘tarildi.

Kapitalbankning barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlari, yuqori daromadlilik darajasi va barqaror moliyalashtirish tuzilmasi reytingning ko‘tarilishiga olib keldi.

Tahlilchilar, shuningdek, bankning tavakkalchilikka moyilligining pasayishi hamda mo‘tadil va barqaror o‘sishga yo‘naltirilgan strategik o‘zgarishlarni ta’kidladilar. Buni quyidagi ma’lumotlar tasdiqlaydi: 2024-yilda kreditlash hajmi atigi 7 foizga, 2025 yilning birinchi yarim yilligida esa 10,7 foizga o‘sdi. Taqqoslash uchun: 2020-2023 yillar oralig‘ida o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 80 foizni tashkil etgan edi. Kreditlash o‘sish sur’atlarining bunday pasayishi Bank barqarorlik va rivojlanishning izchilligiga e’tibor qaratib, yangi strategiyani izchil amalga oshirayotganini ko‘rsatmoqda.

- Moody’s reytingining oshishi biznes modelimizning barqarorligini yana bir bor tasdiqlaydi. Kapitalbank nafaqat o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga moslashib, daromadlilik va yuqori likvidlik darajasini saqlab qolmoqda, balki mamlakatimiz moliya sohasining yetakchilaridan va rivojlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Biz uchun xalqaro agentlikning muvozanatli o‘sish strategiyasiga o‘tishimizni va tavakkalchilikni boshqarishni kuchaytirishimizni ijobiy baholagani muhim ahamiyatga ega," - deya izoh berdi Kapitalbank Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy.

2024 yil yakunlariga ko‘ra, muammoli kreditlar ulushi 4,5% ni tashkil etdi. Moody’s bu ko‘rsatkich 2025 yilda 6% atrofida barqarorlashishini prognoz qilmoqda. Shu bilan birga, Bank portfelining muhim qismi yuqori likvidli garovlar bilan ta’minlangani, potensial yo‘qotishlar xavfini kamaytirishi alohida qayd etildi.

Kapitalbank chakana depozitlar hajmi bo‘yicha mamlakat banklari orasida yetakchilikni saqlab qolmoqda – 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Bankning ushbu bozordagi ulushi 18 foizni tashkil etadi. Bank, shuningdek, depozitlarning umumiy hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni (11 foiz) egallaydi va aktivlar hajmi bo‘yicha mamlakatning top-5 talik banklari qatoriga kiradi (bozor ulushining 6 foizi). Moody’s Bankning tizimli ahamiyatini alohida ta’kidlaydi, bu esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ehtimolini "past"dan "o‘rtacha"ga qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ldi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 324
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech