Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Koronavirus infeksiyasi tufayli zarar ko‘rgan jismoniy, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun asosiy qarzni to‘lash muddatini kechiktirish maqsadida kreditlarni to‘lash jadvallari yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
1 Apr 2020

«Kapitalbank» ATB qarzdorlikni (asosiy qarzni) to‘lash muddatlarini kechiktirish va oxirgi to‘lov muddatlarini uzaytirish masalasini qayta ko‘rib chiqishga tayyor. Karantin tartibining joriy etilishi natijasida zarar ko‘rgan qarz oluvchilar to‘lovlarni kechiktirish masalasida murojaat qilishlari mumkin. Bank har bir talabnomani yakka tartibda ko‘rib chiqadi va yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy moliyaviy oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yordam berishga harakat qiladi.

! Jismoniy shaxslar uchun!

Jismoniy shaxslarga to‘lov muddatlarini kechiktirish davri, joriy etilgan karantin tartibi natijasida mijozning to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan oqibatlarning yuzaga kelish vaqtiga qarab, 2020 yilning mart oyidan may oyigacha (uni qo‘shgan holda) davom etadi. Karantin tartibi davri uzaytirilgan taqdirda muddatni kechiktirish davri uzaytirilishi mumkin.

Amaldagi kredit bo‘yicha imtiyozli davrni olish uchun bankka kelish imkonsiz bo‘lganda, qo‘lda to‘ldirilishi va qarz oluvchining imzosi qo‘yilishi zarur bo‘lgan arizaning fotosuratini (ariza shaklini havola bo‘yicha yuklab olish mumkin) [email protected] elektron manzilga yoki telegramm orqali https://t.me/Kapitalbank_support ga yuborish mumkin.

Jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan kerakli hujjatlar:
  • qarz oluvchining imzosi qo‘yilgan ariza;
  • pasport asl nusxasining fotosurati yoki skaner qilingan ko‘rinishi.

Arizada kreditni to‘lash bo‘yicha to‘lov muddatlarini uzaytirishning asosli sabablari va qarz oluvchi zimmasidagi kredit bo‘yicha to‘lov muddatlarini kechiktirishga doir barcha kerakli hujjatlarni karantin tartibi tugagan kundan boshlab 30 kun ichida taqdim qilish va imzolash majburiyati ko‘rsatilishi kerak. Agar hujjatlar karantin tartibi tugagach ko‘rsatilgan muddatda mijoz tomonidan tegishli ravishda taqdim qilinmagan va rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, bank avvalroq berilgan imtiyozli davrni bekor qiladi va shartnomaning dastlabki shartlarini qaytaradi.

! Yuridik shaxslar uchun!

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning har bir murojaati yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Biz birgalikda istalgan qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz!

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun aloqa-markazning telefoni: +99878 148 40 08
Jismoniy shaxslar uchun aloqa-markazning telefoni: +99871 200 15 15 va +99871 200 45 45

Muddat uzaytirishga ariza
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 7262

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech