Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" yangi omonatlarni ishga tushirmoqda
12 Mar 2021

Hurmatli mijozlar! 2021-yil 15-martdan boshlab "Kapitalbank" ATB da milliy va xorijiy valyutadagi yangi muddatli depozitlar kuchga kiradi.

Milliy valyuta soʻmda:
  • «Kapital25» – muddatli omonat
  • Dastlabki to'lovning eng kam miqdori – 500000 so'm;
  • Omonat muddati – 25 oy;
  • Omonatni bankka naqd / naqdsiz va onlayn shaklda o'tkazish mumkin;
  • Stavka foizi:
    • 1 oydan 12 oygacha yillik 20%;
    • 13 oydan 25 oygacha yillik 18%;
  • Foizlar har oy omonat valyutasida bank o'tkazmasi orqali naqd pulsiz shaklda to'lanadi yoki mobil ilova orqali ochilgan omonatchining hamyon hisob raqamiga oʻtkaziladi;
  • Omonatni to'ldirish   13 oydan 25 oygacha koʻzda tutilgan;
  • Omonatning bir qismini qaytarib olish ko'zda tutilmagan;
  • Muddatdan avval bekor qilishga ruxsat beriladi. Agar omonat muddatidan oldin qaytarib olinadigan taqdirda, u muddatdan oldin qaytarib olish sanasida omonatning oxirgi to'liq bo'lmagan 12 oyi uchun to'langan foizlar (foiz stavkasi o'zgargan oxirgi kundan boshlab) qayta moliyalash stavkasi asosida qayta hisoblab chiqiladi. Bunday holda, to'langan va hisoblangan foizlar o'rtasidagi farq omonat summasidan ushlab qolinadi.
AQSh dollarida:
  • «Kapital24» muddatli omonati
  • Dastlabki to'lovning eng kam miqdori – 500 AQSh dollari;;
  • Omonat muddati – 24 oy;
  • Omonatni bankka naqd / naqdsiz va onlayn shaklda o'tkazish mumkin;
  • Foiz stavkasi – yiliga 5%;
  • Foizlar har yili omonat valyutasida avans tarzida naqd pulsiz shaklda to'lanadi yoki mobil ilova orqali ochilgan omonatchining hamyon hisob raqamiga kiritiladi;
  • Omonatni to'ldirish   koʻzda tutilmaydi;
  • Omonatning bir qismini qaytarib olish ko'zda tutilmagan;
  • Muddatdan avval bekor qilishga ruxsat beriladi. Agar omonat muddatidan oldin qaytarib olinadigan taqdirda, u muddatdan oldin qaytarib olish sanasida omonatning oxirgi to'liq bo'lmagan 12 oyi uchun to'langan foizlar (soʻngi avans bilan toʻlangan foizlar sanasiga nisbatan) yillik 3 % asosida qayta hisoblab chiqiladi. Bunday holda, to'langan va hisoblangan foizlar o'rtasidagi farq omonat summasidan ushlab qolinadi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 978

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech