Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank va “Mening buxgalterim” servis kompaniyasi hamkorlik qilishga kelishib oldi
23 Oct 2024
Servisning bank bilan integratsiyalashuvi kichik biznes subyektlariga buxgalteriya hisobini samarali yuritish va biznes hamkorlar to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi.

Сайт_ 700x500 px Ru 3 (13).png

Hamkorlikdan maqsad — O‘zbekiston tadbirkorlari hayotini osonlashtirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish va kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning shaffofligini oshirishdan iborat. Ushbu yechim tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish va biznes munosabatlaridagi risklarni minimallashtirishga yordam beradi. “Mening hisobchim” xizmatlaridan Kapitalbankning barcha tadbirkor mijozlari foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

— Bizning vazifamiz — nafaqat moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, balki biznesni rivojlantirish, xavflarni minimallashtirish va jarayonlarni optimallashtirishga ko‘maklashishdir, deya ta’kidlaydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Ushbu hamkorlik Kapitalbank bilan muvaffaqiyatli va xavfsiz biznes yuritish uchun barcha zarur vositalarni taqdim etgan holda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

— Kompaniyamiz xizmatlarini Kapitalbank xizmatlari bilan integratsiya qilish to‘g‘risidagi qaror tadbirkorlarga asosiy e’tiborni kundalik ma’muriy vazifalarga emas, balki biznesni rivojlantirishga qaratish imkonini beradi, — dedi “Mening hisobchim” servis kompaniyasi asoschisi Hamro Abirov. — Yangi hamkorlik doirasida Kapitalbankning tadbirkor mijozlari xizmatlardan, jumladan biznes hamkorlarini tekshirish va buxgalteriya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma’lumotni 1278 koll-markazi raqami orqali olish mumkin. Shuningdek, business.kapitalbank.uz saytida yoki +998 (78) 148-11-22 raqami orqali.

Сайт_ 700x500 px Ru 2 (13).png

"Mening hisobchim" kompaniyasi haqida:

2020-yilda tashkil etilgan kompaniyada bugungi kunda 60 dan ortiq mutaxassis mehnat qilmoqda. Buxgalteriya, soliq, kadrlar hisobini to‘liq yuritish, hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berishni ta’minlaydi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 376

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech