Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank sayti orqali kreditlarni to’lashning yangi xizmat turi bank mijozlari uchun taqdim etildi
1 Dec 2023
Kapitalbank kapitalbank.uz veb-sayti orqali kreditlarni to’lash xizmat turini ishga tushirdi. Sayt har qanday bankning HUMO va Uzсard to’lov tizimlari kartalari orqali to’lovni amalga oshirishni qo’llab-quvvatlaydi. Onlayn usulda kreditlarni to’lash bank filialiga rasman tashrif buyurish zaruratini istisno qiladi, bu esa mijozlarning vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Kelajakda bank Visa va Mastercard kartalari orqali to’lovni amalga oshirishni ham qo’llab-quvvatlaydi. Yangi xizmat turi komissiya to’lovlarini ko’zda tutmaydi, biroq hisobdan chiqarish miqdori to’lov amalga oshiriladigan kartaning tarif rejasiga bog’liq bo’ladi. Kapitalbank kartalari egalari uchun xizmatlar komissiya to’lovisiz amalga oshiriladi.
 
— Onlayn xizmat turlarining rivojlanishi, birinchi navbatda, mamlakatning barcha mintaqalarida hamma mijozlarimizga tez va sifatli xizmat ko’rsatish, shuningdek, foydalanuvchilar sonining oshishi bilan xizmat sifatini saqlab qolish imkoniyatidir, — deydi Kapitalbank Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy. — Bank filialiga borishning hojati yo’q. Endilikda kredit bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun internetga ulangan smartfon yoki kompyuterga ega bo’lishning o’zi yetarli, demak 24/7 vaqt davomida bank xizmatiga kirish mumkin.
 
Buning uchun kapitalbank.uz veb-saytiga kiring, “Kredit to’lash” bo’limini tanlang, qarz oluvchining kredit kodini kiriting. To’lov bo’yicha ma’lumotlar va o’tkazish uchun zarur bo’lgan summa real vaqt rejimida aks ettiriladi. Xizmat turining ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash uchun mijoz to’lovni tasdiqlash kodi bilan birga SMS-xabarnoma, shuningdek kredit to’lovi uchun mablag’ kiritilganligini tasdiqlovchi  xabarnomani oladi.
 
Shuni eslatib o’tamizki, Kapitalbank ilovasi orqali kreditni muddatidan oldin ham yopish mumkin. Qo’shimcha ma’lumotni 1340 qisqa raqami orqali olish mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1202

Yana ko’ring:

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech