Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank kilogrammlab pul yutuqli o‘yinini o‘tkazyapti
1 Feb 2024
Kapitalbank qiziqarli yutuqli o‘yinni boshladi, unda g‘oliblar o‘zlarining pul kilogrammini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun, O‘zbekistonda yoki dunyo bo‘ylab "Visa Kapitalbank" kartasi bilan 200 ming so‘mlik yoki 20 $ xarid qilishni o‘zi kifoya. Bir kunda bitta savdo nuqtasida bitta chek – bu aksiyada ishtirok etish uchun "Lotereya chiptasi". Yutish ehtimolini ko‘paytirish uchun ishtirokchilar cheklarning sonini ko‘paytirishlari kerak.

Pul mukofotlarining yutuqli o‘yini har oyda ZO‘RTV telekanalining "Boriga Baraka" dasturining jonli efirida o‘tkaziladi. Tasodifiy raqamlar generatori yordamida besh kishi televizion dasturda ishtirok etishga tanlanadi. Efirda, har bir ishtirokchiga, pul bilan 20 qopdan bittasini tanlash imkoni beriladi. Tanlangan qop ochilishidan oldin ishtirokchilar qarorlarini o‘zgartirishlari mumkin. Har bir qop yutug‘ining umumiy miqdori har xil: bitta qopda 2 million so‘m bo‘lishi mumkin, ammo boshqa qopda esa 94 mln. so‘m yoki 50 mln so‘m. Na ishtirokchilar, na boshlovchilar har bir qopda qancha pul borligini bilishmaydi. Tomoshaga tushgan ishtirokchilar pul bilan ketishlari kafolatlanadi. Ammo ularning har biri qanchadan pul yutganligini - teletomosha yakunida bilib olamiz.

Yutuqli o‘yin davri 2024 yil 1 fevraldan 2024 yil 30 iyungacha bo‘ladi. "Boriga Baraka" televizion dasturiga ishtirokchilar tanlovining natijalari, shuningdek “Visa Kapitalbank” yutuqli o‘yini natijalari, har oyda Instagramdagi rasmiy sahifamiz: @visa_kapitalbank va kapitalbank.uz veb-saytida joylashtiriladi.

Durang shartlari bilan aksiya taklifida yoki 1340 raqami orqali tanishishingiz mumkin. Aksiya yangiliklarini @visa_kapitalbank instagram sahifasida kuzating.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1422

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech