Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank Germaniyaning Commerzbank AG bilan Bazaviy kredit bitimini imzoladi
22 Oct 2024
SIBOS 2024 doirasida Kapitalbank va Commerzbank AG o‘rtasida tashqi savdo shartnomalarini eksport-kredit agentliklari (ECA) kafolati ostida moliyalashtirish bo‘yicha Asosiy kredit bitimi imzolandi.

Сайт-700х500---1 (3).jpg

"Kapitalbank” ATB Oʻzbekistondagi eng yirik xususiy banklardan biri boʻlib, SIBOS 2024 koʻrgazmasida eksponent sifatida rasmiy ishtirokchi boʻlgan birinchi oʻzbek bankidir. Ushbu tadbir har yili Jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati (SWIFT) tomonidan tashkil etiladi va bu yil Pekinda 2024 yil 21-24 oktyabr kunlari bo'lib o'tmoqda. Kapitalbank xalqaro hamkorlar bilan bir qator strategik muhim muzokaralar o’tkazmoqda.

Сайт-700х500---2 (3).jpg

Commerzbank AG bilan uchrashuvda eksport-kredit agentliklarini qo‘llab-quvvatlovi va qoplashi ostida tashqi savdo shartnomalarini uzoq muddatli moliyalashtirish bo‘yicha Bitim imzolandi. Ushbu asosiy kredit bitimi ECA tomonidan qoplanadigan tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun kredit operatsiyalari bo'yicha hamkorlik shartlarini belgilaydi.

Kapitalbank va Commerzbank AG o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston kompaniyalarining zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va Yevropa mamlakatlari mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 244

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech