Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Kapitalbank» filiallarda tashrif buyuruvchilar va mijozlar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratib bermoqda
13 Aug 2020

Butun karantin davri mobaynida "Kapitalbank" ATB barcha viloyatlarda o'z faoliyatini davom ettirmoqda va bank xizmatlarining barcha turlarini taqdim etmoqda. Mijozlar va bankka tashrif buyuruvchilar xavfsizligi uchun barcha sanitariya talablariga javob beradigan maxsus sharoitlar yaratilgan. Biroq, xavfsizlik har birimizga bog'liqligini yodda tutishimiz kerak.

Biz bankka kelganingizda, sizni va yaqinlaringizni xavfdan asrashga yordam beradigan bir nechta oddiy qoidalarga rioya qilishingizni so'raymiz. Iltimos, boshqa odamlar bilan kamida 1,5 metrlik masofa saqlang. Niqob taqing va uni yechib tashlamang. Imkon qadar tez-tez qo'lingizga antiseptik vositalar bilan ishlov bering.

Ushbu qoidalarga rioya qilishni osonlashtirish uchun har bir bo'limning kirish qismida haroratni o'lchaydigan va qo'llaringizga antiseptik bilan ishlov beradigan xavfsizlik xodimlari mavjud. Kirish joyida sanitayzer vositasi bilan jihozlangan dozator o'rnatilgan bo'lib, siz undan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, odamlar orasidagi masofani ko'z bilan chamalashga yordam beradigan maxsus belgilar sizga masofa saqlashda qo'l keladi.

Ehtiyotkor bo'ling va o'zingizni asrang!

photo_2020-08-12_10-50-49.jpg

photo_2020-08-12_10-53-07.jpg

photo_2020-08-12_10-58-18.jpg
photo_2020-08-12_11-00-55.jpg

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1116

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech