Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATBdan Visa – bank bo‘limiga bormasdan ilova orqali shaxsan qo‘lingizga!
31 May 2023
“Kapitalbank” ATB yangi funksiya – mobil ilova orqali VISA kartalariga buyurtma berish ishga tushgani haqida e’lon qiladi. Endi mijozlar uyidan yoki ofisdan chiqmasdan, qulay va tezkor tarzda kartani chiqarish va yetkazib berishga buyurtma berishlari mumkin.

“Kapitalbank” mobil ilovasi orqali kartalarga buyurtma berishning yangi funksiyasi mijozlarga vaqtni tejash hamda kartalarga buyurtma berish va chiqarish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi. Visa kartasiga buyurtma berish uchun Kapitalbank mobil ilovasini yuklab olish, kartaga buyurtma berish funksiyasini tanlash, MyID orqali lahzali ro‘yxatdan o‘tish va karta turi va olish usulini tanlash kifoya.

Yangi xizmat orqali bank mijozlari Visa kartasini imkon qadar qisqa vaqt ichida olishlari va undan deyarli o‘zlari uchun qulay bo‘lgan, istalgan bankomatda naqd pul yechib olish va onlayn - oflayn xaridlar to‘lovlari uchun foydalanishni boshlashlari mumkin bo‘ladi.

“Bizning vazifamiz mijozlarimiz uchun eng qulay xizmatni yaratishdir. Biz kundalik tranzaksiyalarda plastik kartalardan foydalanish sezilarli darajada oshganini ko‘rmoqdamiz va ishonchimiz komilki, kartalarni tez chiqarish va yetkazib berish, foydalanuvchilarga zamonaviy bank texnologiyalari foydasiga tanlov qilishga yordam beradi”, — deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1098

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech