Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATBdan “Maksimal kapital” omonati bo‘yicha yillik 25%
24 May 2023
“Kapitalbank” ATB oshirilgan foiz stavkasi bilan yillik 25 %-dan boshlab yangi – “Maksimal kapital” omonatini ishga tushirdi.

Omonatning minimal summasi atigi 1 million so‘m, omonat muddati 36 oy. Eng yuqori stavkalar dastlabki 12 oy ichida amal qiladi. Shu bilan birga, foizlarni qayta hisoblamasdan, birinchi yil tugashi bilanoq darhol omonatni muddatdan oldin yopishingiz mumkin.

Omonat stavkalari yiliga 25% dan boshlanadi - bu stavka dastlabki 3 oy davomida amal qiladi. Keyingi 4 oyda stavka yiliga 23 % ni, keyingi 5 oyda esa yillik 21% ni tashkil etadi. Mijozlar omonatni kerak bo'lganda to'ldirishlari mumkin bo'ladi, stavka esa boshlang'ich summa bilan bir xil miqdorda hisoblanadi.

– “Maksimal kapital” omonati - bu ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan bankga moliyaviy investitsiya qilishdan maksimal foyda olish imkoniyatidir, – deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. – Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida omonatni ham onlayn, ham “Kapitalbank” mobil ilovasida, ham bankning istalgan filialida ochish mumkin.

“Kapitalbank” ATB masofadan turib mijozi bo‘lish uchun foydalanuvchi “Kapitalbank” mobil ilovasida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi kifoya. Buni uy yoki ofisingizdan chiqmasdan qilishingiz mumkin.

“Kapitalbank” – har doim foydali va qulay!
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 42813

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech