Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" ATB maktab kutubxonalariga "Urush bolalari" kitobini sovg'a qildi
29 Jun 2021

«Маленькие свидетели войны» kitobi o'zbek tiliga tarjima qilindi. «Urush bolalari» nashri respublika bo'ylab maktab kutubxonalariga tarqatiladi.

28-iyun kuni Xalq ta'limi vazirligida «Kapitalbank» ATB vakillari «Podrobno.uz» axborot agentligi vakillari bilan birgalikda vazir Sherzod Shermatovga «Urush bolalari» kitoblarining 3000 nusxasini bepul taqdim etish to'g'risidagi sertifikatni topshirdilar.

«Tadbirkorlarimiz tomonidan maktablarga ko’rsatilayotgan bunday etibor albatta bizni quvontiradi. Maktablarimizni sifatli kitoblar bilan to’ldirish masalasi bugungi kunda juda ham dolzarb masala sanaladi va bugun taqdim etilgan bu kitob nafaqat bolalarimizning tarixiy bilimini rivojlantirishga balki kutubxonalarni ham mazmunli kitoblar bilan to’ldirishga hissa qo’shadi. Bu kabi loyihalar kelgusida ham davom etib, bolalarga ijtimoiy kitoblar bilan bir qatorda ularga kelajakda moliyaviy savodxonlikni o’rgatadigan kitoblar yaratilsa ham yaxshi bo’lar edi», - ta'kidladi tadbir davomida Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov.

Kitob – «Podrobno.uz» AA va «Kapitalbank» ATB qo'shma loyihasi bo'lib, o'zida bolaligida urushdan omon qolgan insonlarning xotiralarini to'plangan. Ularning orasida urush sabab otasiz qolgan o'zbek oilalari farzandlari va shiddatli janglar zonasidan evakuatsiya qilingan bolalar, qamalda bo'lgan Leningrad va fashistlar kontslagerlarida ochlikdan o'layotgan bolalar ham bor.

«Bu biz uchun ijtimoiy loyihadir. Biz hozirgi avlod ota-bobolarining qilgan ishlarini yodda tutishini, boshlari uzra musaffo osmon osoyishtaligini va bizda bugun mavjud bo'lgan hamma narsani qadrlashini istaymiz. 9-mayga atalgan kitob taqdimoti marosimida biz ushbu o'lmas hikoyalar, albatta, davlat tiliga tarjima qilinishini e'lon qilgan edik. Va bugun biz ushbu kitoblarni keyinchalik maktab kutubxonalariga topshirish uchun Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etganimizdan mamnunmiz», - dedi «Kapitalbank» Boshqaruvi raisi Alisher Mirzaev.

Kitob haqiqatan ham mamlakatimiz uchun noyobdir. Ushbu dahshatli urushni bola ko'zlari bilan ko'rgan odamlar uning sahifalari orqali o'zlarining qalblarini titratadigan hikoyalarini so'zlab berishadi. Ularning xotiralarida - ochlik, yo'qotishlar, kattalarning shafqatsizligi, boshqa tomondan esa - quyoshli o'lka, noma'lum tilda gapiradigan mehribon odamlar, issiq tandir nonlar, muhabbat va ko'pchilik uchun bir umrlik uyiga aylangan yangi uy mujassamlashgan. Kitob qahramonlari orasida taniqli insonlar - O'zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov, rejissyor Ali Xamraev, temirchi oilasi tomonidan asrab olingan Moldovadan kelgan qizn Olga Timonina – hozirgi Xolida Shamaxmudova, rassom Vladimir Burmakin va boshqalar bor.

«Kitobda siz o'sha dahshatli urushning guvohi bo'lgan bolalarning bezaksiz xotiralarini topasiz. Ularning kontslagerlarda qanday qilib jasadlarni tashiganliklari, qarindoshlari qanday kuydirilganini, ochlik va fashistlarning vahshiyliklaridan minglab odamlar qanday o'lganini ko'rganliklari haqidagi hikoyalar. Hamma narsasuni yo'qotgan, ammo taslim bo'lmagan, ochlikdan aziyat chekkan, ammo nonining so'nggi urvog'ini ham boshqalarga ulashgan bolalar haqida ham hikoyalar mavjud. Bugun ular avlodlaridan so'raydigan asosiy narsa bu G'alabani qanchalik qiyinchilik va mashaqqatlar bilan qo'lga kiritganliklarini yodda tutish va bundan keyin ham bunday bo'lishiga yo'l qo'ymaslikdir», - dedi g'oya muallifi, «Podrobno.uz» AA bosh muharriri, Andrey Teshayev.

Eslatib o'tamiz, rus tilidagi «Маленькие свидетели войны» kitobining taqdimoti 7 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan edi. Uning chiqarilishi «Podrobno.uz» AAning tashabbusi bilan amalga oshirildi, «Kapitalbank» esa loyihaning moliyaviy hamkori sifatida ishtirok etdi. Rus va o'zbek tillaridagi kitob tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo'ljallanmagan holda cheklangan nusxada nashr etilgan. Nashr maktablar, universitetlar, kutubxonalar, muzeylar, madaniyat markazlariga bepul shaklda taqdim etiladi.

Keng omma uchun kitob elektron shaklda http://www.kapitalbank.uz va http://www.podrobno.uz saytlarida mavjud.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 185

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech