Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" AKT Vazirligi tomonidan eng yaxshi IT-loyihasi uchun mukofot oldi
25 Jun 2021
25-iyun kuni al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktabda raqamli tizimda erishgan yutuqlari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasi tomonidan tashkil etildi. Marosimda raqamlashtirish reytingida yuqori natijalarni ko'rsatgan va elektron hukumat sohasida samarali amalga oshirilgan loyihalarga mukofotlar topshirildi.

Apelsin mobil ilovasi bilan "Kapitalbank" ATB "Moliya sohasidagi eng yaxshi IT-loyiha" nominatsiyasida g'olib bo'ldi.  Apelsin to'lov tizimi - bu telefondagi  24/7 rejimida texnik qoʻllab-quvvatlashga ega bo'lgan butun bir bankdir. Ilova orqali kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga pul o'tkazish, onlayn omonatlar qo'yish, kreditlarni to'lash, valyutani konvertatsiya qilish, xalqaro o'tkazmalar o'tkazish, shartnomalar (rekvizitlar) bo'yicha to'lov qilish va h.k. mumkun.  Apelsin ilovasini Android va iOS operatsion tizimlari bilan yuklab olish mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 799

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech